Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet16/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Amaliyotdan misollar: Yer sirtidan 10 — 30 km balandlikda azot va kislorod atomlarining kosmik nurlar bilan bombardimon qilinishi natijasida ko‘plab elementar zarralar hosil bo‘ladi, shu jumladan mezonlar(myuonlar). Xususiy sanoq tizimida ular 2·10-6s yashaydi va so‘ng yemiriladi. Ular yorug’lik tezligida harakatlansa ham, bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan maksimal masofalari 2·10-6·3·108 = 600 metrga teng, biroq bu zarralarni Yer sirtida ham topishmoqda, yani ular 10 km dan ortiq uchishmoqda! Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, myuonlar faqatgina xususiy sanoq sistemalaridagina 2·10-6 s yashaydi, Yer soati bo‘yicha esa ancha uzoq yashaydilar.


1.2.2.Lorens almashtirishlari
Yuzaga kelgan bu vaziyat fan uchun haqiqiy halokat bo‘lib ko‘rindi.
1.11-rasmda ko‘rsatilgan tizim uchun Galiley almashtirishlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi
(1.20)
ammo endi biz ularni tuzatishga majburmiz, bu esa mustahkam o‘rnashib olgan makon va zamon haqidagi tushunchalarni butunlay o‘zgartirdi. Bunday jasorat Gollandiyalik nazariy fizik X. Lorents (1853-1928 yy.)ga tegishli. Lorents almashtirishlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi
(1.21)


(1.22)


(1.23)
bu erda c - yorug'likning vakuumdagi tezligi. Ularning asosiy farqi shundaki ular koordinatalarni va vaqtni ajralmas qilib bog’laydi. Vaqt esa, vaqtni hisobga olmasdan faqatgina makon haqida gapirishlariga imkon bermaydigan ajralmas to‘rtinchi parametrdir. Oddiy uch o‘lchovli bo‘shliq(vakuum) to‘rt o‘lchovli bo‘shliq bilan almashtiriladi. Demak, endi Galiley almashtirishlari haqida unutishga to‘g’ri keladimi?
Ushbu muhim savol nafaqat mazkur holatga tegishli, balki umuman ilm-fan rivojiga ham tasir qiladi. Yangi qonun paydo bo‘lganda, unga moslik tamoyili deb nomlangan talab qoy‘iladi: yangi nazariya eskisini xususiy hol sifatida o‘z tarkibida saqlashi lozim, bundagi shart-sharoitda eski nazariya haqiqiy bo‘ladi.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling