Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

8.2§. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy 
tavsifi 
O‘zbekiston Respublikasi yer fondi tarkibida qishloq xo‘jaligi uchun 
mo‘ljallangan yerlar mustaqil toifani tashkil etadi. 2020 yining 1 yanvar holatiga 
ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 20761.6 ming gektarni, yoki jami 
foydalaniladigan yerlarning 46.25 foizini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishida ular alohida ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy vosita sifatida harakat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 43-moddasiga ko‘ra, qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar deb "Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib 
qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar tushuniladi". Yerlarni 
maqsadli belgilash, ya’ni ularni yaroqliligi darajasidan kelib chiqib foydalanish 
xo‘jaliklararo hamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari natijalariga ko‘ra belgilanadi. 
Shunday qilib, bu loyihalar xo‘jaliklarga ma’lum qism yerlardan qishloq xo‘jalik 
maqsadlarida foydalanish imkoniyatini beradi. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar mamlakat yagona yer fondida maydon 
jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning 
umumiy xususiyati shundan iboratki, bu yerlar qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab 
chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 1-
moddasida yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati 
va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat 
tomonidan muhofaza qilinadi deb ta’kidlangan. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida 
foydalanish ko‘zda tutilgan barcha yerlar, iqtisodiyot tarmoqlarini qishloq xo‘jaligi 
maxsulotlariga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer islohoti 


102 
va qishloq xo‘jaligi islohoti talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi yuritish faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan foydalaniladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling