Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Qishloq aholi punkti yerlarining huquqiy holati
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
10.3§. Qishloq aholi punkti yerlarining huquqiy holati
Qishloq aholi punkti yerlariga yer tuzish tartibida shu toifa aholi punkti uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi yerlar kiradi. Qishloq aholi punkti yerlarining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 68-moddasida belgilangan bo‘lib unga ko‘ra, qishloq axoli punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi barcha yerlar kiradi va quyidagilardan tashkil ytropadi: 1) qishloq axoli punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari; 2) qishloq axoli punktlarining qishloq xo‘jaligi xamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashqilotlari hududidagi yerlari. Qishloq axoli punktlarining chegarasi tumanlarning davlat xokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish xamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyixalariga muvofiq belgilanadi va o‘zgartiriladi. Qishloq aholi punkti yerlarida yashovchi aholining ko‘pchilik qismi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‘ladi. Qishloq aholi punkti yerlarining bosh maqsadi shahar aholi punkti yerlarinikidan farqli o‘laroq, nafaqat shu yerda yashovchi aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishdan iboratgina emas, balki qisman qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlashdan ham iboratdir. Shuning uchun qishloq aholi punkti yerlarining huquqiy 127 holati ba’zi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bularni quyidagilarda ko‘rish mumkin: Qishloq aholi punkti doirasidagi yerlarning ma’lum qismi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini (poliz, meva, uzum va b.q.) yetishtirishga mo‘ljallangan. Bu yerlarning huquqiy holati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy maqomiga o‘xshash bo‘ladi yoki unga yaqinlashtirilgan bo‘ladi. Qishloq aholi punktlarida fuqarolarga beriladigan yer uchastkalarining miqdori shahar aholi punktlaridagiga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, qishloq aholi punktlarida yer uchastkalari ikkita joyda ajratib berilishi, ya’ni uy oldida va aholi punkti uy-joyidan chetda berilishi mumkin. Aholi punkti yerlari huquqiy holatida yer va boshqa mulkiy munosabatlar uzviy aloqalik xususiyatiga ega bo‘ladi. Ammo, bu munosabatlar nisbati shahar va qishloq joylarda tamomila bir biridan farq qiladi. Asosiy farq shundaki, shahar aholi punktida yer uchastkasidagi qurilishdan foydalanish avtomatik ravishda shu qurilishlarga egalik huquqini keltirib chiqaradi, qishloq aholi punktida esa qurilishga mulk huquqini qo‘lga kiritish uchun avval yer uchastkasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish kerak. Shunday qilib, qishloq aholi punktlarida birinchi navbatda yerdan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish asosiy rol o‘ynasa, shahar aholi punktlarida esa asosiy rolni uy-joyga mulkchilik huquqiga ega bo‘lish o‘ynaydi. Qishloq aholi punkti yerlari uy-joylar, madaniy-maishiy, savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa inshoot va binolar qurish, yo‘llar o‘tkazish, dam olish maskanlarini joylashtirish, hovuzlar qurish va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Qishloq aholi punktlari yerlarini kelgusi taraqqiyot istiqboliga ega bo‘lgan va istiqboli bo‘lmagan yerlarga bo‘lish mumkin. Kelgusi taraqqiyot istiqboliga ega bo‘lgan aholi punktlari qatoriga kiritilgan qishloq aholi punktlarining yerlari tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan shu aholi punktlarining rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq ravishda foydalaniladi. Kelgusi taraqqiyot istiqboli bo‘lmagan qishloq aholi punktlari yerlaridan xo‘jalikning ichki 128 yer tuzish loyihasiga muvofiq ravishda foydalaniladi. Ularni sun’iy ravishda kelgusi taraqqiyot istiqboliga ega bo‘lgan aholi punktlariga o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Chunki, qishloqlarni yangidan planlashtirib, qaytadan qurish natijasida ko‘pchilik bog‘-rog‘lar payhon bo‘lib, yo‘q bo‘lib, qaytadan uy-joylar qurish katta xarajatlarni talab etadi. Shu maqsadda eski qishloqlarni saqlab qolish maqsadga muvofiqdir. Qishloq aholi punkti yerlari asosan qishloq xo‘jalik korxonalari egallab turgan yerlarda joylashgan bo‘lib, ular ushbu korxonalarning jamoat (asosiy) yerlaridan natura tarzida ajratib qo‘yiladi. Lekin shuni aytish kerakki, bu ikkala yer fondi o‘rtasida o‘tib bo‘lmaydigan chegara yo‘q emas. Aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini e’tiborga olib aholi punktlari yerlarini jamoa yerlari hisobiga tegishli organlar qaroriga muvofiq kengaytirish mumkin. Qishloq aholi punkti yerlari o‘z tarkibiga ko‘ra bir xil emas. Ular qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan tashkil topadi. Bundan tashqari, ushbu yerlarni kimning egaligidaligiga qarab mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoridagi yerlar va qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ixtiyoridagi yerlariga turkumlash mumkin. Shuningdek, qishloq aholi punktlari yerlari kellajakda istiqboliga ega bo‘lgan va kellajakda taraqqiyot istiqboli bo‘lmagan yerlarga bo‘linadi. Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan qishloq aholi punkti yerlaridan maydonlar, ko‘chalar, sohil bo‘ylari, bog‘lar, parklar, xiyobonlar, daraxtzorlar barpo qilish, shuningdek madaniy-maishiy, uy-joy ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Qishloq aholi punkti yerlari doirasida qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlariga berilgan yer uchastkalaridan uy-joy binolari, madaniy-maishiy binolar, ishlab- chiqarish binolari va inshootlari qurish hamda qonunda belgilangan fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari berish maqsadida foydalaniladi. Qishloq aholi punktlarining yer doiralari, chegaralari mazkur tumanning tasdiqlangan rejalashtirish, qurish loyihalariga muvofiq belgilanadi. Bu yerlardan foydalanish esa qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan qishloq aholi punktlari yerlarini berish shu idoralar 129 tomonidan amalga oshiriladi. Shirkat xo‘jaligi egallab turgan yerlarni berish ularning yuqori organlari qarorlariga asosan amalga oshiriladi. Qishloq aholi punktlarining yerlari shahar yerlari doirasiga faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ravishda o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu yer maydonlari qishloq aholi punkti yerlari tarkibidan chiqarilib, shahar yerlari tarkibiga kiritiladi. Shahar tarkibiga kirgan yer uchastkalarida shirkatlarning bino va inshootlari uchun haq mahalliy budjet hisobidan to‘lanadi. Yuqorida aytilganlaridan kelib chiqib, qishloq aholi punkti yerlari deganda tuman davlat hokimiyati organlari tomonidan rejalashtirish, qurish va ichki xo‘jalik yer tuzilishi rejalariga muvofiq ravishda tasdiqlangan va belgilangan chegara doiralarida joylashgan, aholining turar-joy, boshqa madaniy-maishiy ehtiyojlariga kerakli binolar, shuningdek dehqon xo‘jaligi uchun beriladigan yer uchastkalari tushuniladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling