Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Nazorat uchun savollar: 
1. Dehqon xo‘jaligi tushunchasi nimani anglatadi? 
2. Tomorqa yer uchastkasi tushunchasi nimani anglatadi? 
3. Dehqon xo‘jaligi qanday shartlar asosida tashkil etiladi? 
4. Fermer xo‘jaligi tushunchasi nimani anglatadi? 
5. Fermer xo‘jaligini tashkil etish uchun yer uchastkasi kimlarga va qanday 
maqsadlarda beriladi? 
6. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari o‘z ichiga nimalarni oladi? 
7. Qanday holatlarda fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalariga 
bo‘lgan huquqlari bekor qilinadi? 


119 
X BOB. AHOLI PUNKTLARI YERLARINING HUQUQIY HOLATI 
10.1§. Aholi punkti yerlari huquqiy holatining umumiy tushunchasi 
Aholi punktlarining yerlari mamlakatimiz yer fondi tarkibida mustaqil toifani 
tashkil etadi. 2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 
223.4 ming gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 0.50 foizini tashkil etadi. 
Aholi punkti yerlari deganda tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari 
asosida chegaralari belgilangan aholi yashaydigan, sanoat, transport, aloqa, mudofaa 
va boshqa inshootlar joylashgan shahar, posyolka, qishloqlarning tashqi chegaralari 
doirasidagi yerlar tushuniladi. Aholi punkti yerlari huquqiy holati to‘g‘risida 
tushunchaga ega bo‘lish uchun aholi punktlarining turlari, aholi punkti yerlarining 
tarkibi, bu yerlardan foydalanish tartibi, foydalanuvchilarning huquq va 
majburiyatlari, bu toifa yerlarni borshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari kabi 
masalalarni aniqlash lozim bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksining 9-moddasiga ko‘ra aholi 
punktlari shahar aholi punktlari (shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar) va qishloq 
aholi punktlariga (qishloqlar, ovullar) bo‘linadi. 
Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi
21


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling