Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Shaharlar va shaharchalar yerlarining huquqiy holati


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

10.2§. Shaharlar va shaharchalar yerlarining huquqiy holati 
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar 
tegishincha shaharlar va shaharchalarning yerlari jumlasiga kiradi. 
Shaharlar va shaharchalarning yerlari ushbu kodeksning 6-moddasiga muvofiq 
yer turlariga bo‘linadi va foydalanish maqsadiga ko‘ra butun shahar va 
shaharcha 
bo‘yicha tegishli turlarda hisobga olinadi. SHahar va 
shaharchalarning yerlari, jumladan ularning ma’muriy chegarasiga kiritilgan 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uy-joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish 
obyektlarini 
hamda 
muxandislik 
kommunikatsiyalarni 
qurish 
uchun 
mo‘ljallanadi. 
Shahar va shaharchalar qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy
madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar 
qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar 
kiradi. Shahar va shaharchalar qurilishi yerlari korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarga uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital 
qurilishning boshqa turlari uchun foydalanishga, fuqarolarga esa, yakka tartibda 
uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik qilishga beriladi. Shahar va shaharchaning qurilish uchun 
ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil 
turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu 
kabilar) qurish va o‘zga ehtiyojlar uchun muddatli (vaqtincha) foydalanishga 
yoki qisqa muddatli ijaraga belgilangan tartibda berilishi mumkin. 
Yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal 
xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, gaz bilan ta’minlash, sug‘orish va shu 
kabilar), yer uchastkasidan foydalanuvchilar, uning ijarachilari, meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchilari va mulkdorlari mustaqil ravishda 
o‘zicha yoki transportda ko‘chaga kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib 
qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar yer 


126 
uchastkasiga xo‘jalik binolari (garaj, otxona, og‘ilxona, omborxona, yerto‘la va 
shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaxslar yoki uy-
joylarda yashovchi fuqarolarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni 
amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil 
etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfyera havosining holatini va sanitariya-
gigiena 
sharoitlarini 
yaxshilashga, 
aholining 
madaniy-estetik 
ehtiyojlarini 
qondirishga, shahar hududini suv va shamol yeroziyasidan muhofaza qilishga 
mo‘ljallanadi. Ular tarkibidagi, daraxtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport 
maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling