Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
12.5§. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati
Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida berilgan. Unga ko‘rsatilishicha 24 , qurolli kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining xarbiy qismlari, xarbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. Demak mudofaa yerlariga davlatimiz qurolli kuchlari faoliyatini amalga oshirish, davlat chegaralarini himoya qilish, mudofaa obyektlarini joylashtirish, poligonlar, o‘q otar joylari, harbiy shaharchalar, omborxona va shunga o‘xshashlarni qurish uchun ajratib berilgan yer uchastkalari taluqli bo‘ladi. Mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi ixtiyorida bo‘ladi. Bundaqy ehtiyojlar uchun berilgan yerlardan foydalanish huquqining subyektlari bo‘lib, mamlakatimiz chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining xarbiy qismlari, xarbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisoblanadilar. Mudofaa ehtiyojlari uchun yer ajratib berishni so‘rab murojaat etish huquqiga Mudofaa vazirligi, xarbiy okrug qo‘mondonligi, ularning mansabdor shaxslari egadirlar. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlarni hisobi shu yer uchastkasi ixtiyorida bo‘lgan vazirlik yoki davlat qo‘mitasi tomonidan olib boriladi. Harbiy qismlarning yerdan foydalanishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda faqat yer uchastkalarining miqdori va tashqi chegaralari ko‘rsatiladi, ichki yer tuzilishi esa ochib berilmaydi. Mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar xarbiy qismlar tomonidan faqat belgilangan maqsadda, ajratib berish hujjatida o‘rnatilgan tartibda foydalanishligi lozim, yerdan foydalanishning aniq belgilangan maqsadini o‘zgartirish mumkin emas. Harbiy qismlar qo‘shinning xarbiy tayyorgarligi va xarbiy sirni saqlashga ziyon yetkazmagan holda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga 24 O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 69-modda 143 poligon, ayerodrom va boshqa obyektlar yerlaridan pichan o‘rish, qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish, mol boqish uchun yer uchastkalarini foydalanishga berishga haqlidirlar. Yer uchastkalari harbiy qismlar tomonidan shu yer joylashgan hokimlik ruxsati bilan qishloq xo‘jalik subyektlariga vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Qishloq xo‘jalik ishlarini olib borish muddati bunday hollarda qishloq xo‘jalik subyektlari hamda harbiy qism qo‘mondonligi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Shuningdek xarbiy qismlar o‘zlariga berib qo‘yilgan yer uchastkalaridan vaqtinchalik yordamchi xo‘jalik yuritish uchun esa qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari ajratib beriladi. Mudofaa maqsadlari uchun ajratib berilgan yer uchastkalari fuqarolarga (shuningdek xarbiy xizmatchilarga) xizmat davrida foydalanish uchun chek yerlar, tomorqa ko‘rinishida ikkilamchi foydalanish uchun berilishi mumkin emas. Mudofaa yerlari huquqiy holatining yana bir o‘ziga xosligi shundaki, bu yer uchastkalariga nisbatan yopiq zonalar o‘rnatilishi, ya’ni bu yerlarga begonalarning kirishi umuman man qilinishi mumkin. Ushbu tartib tegishli xarbiy qo‘mandonlik tomonidan belgilanadi va hamma uchun bajarilishi majburiy bo‘ladi. Mudofaa yerlari huquqiy holatidagi ba’zi o‘ziga xos xususiyatlar urush sharoitida kelib chiqishi mumkin. Urush holati e’lon qilingan joylarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamma vazifalari mudofaa sohasida jamoat tartibi va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori xarbiy boshqaruvi organlari ixtiyoriga o‘tadi. Tegishlicha, harbiy qismlar tomonidan yer uchastkalarini egallash harbiy boshqaruv organlari buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling