Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Davlat qo‘riqxonasi
27 deganda, birinchidan, alohida ilmiy yoki madaniy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan noyob va qimmatbaho hayvonlar hamda o‘simliklarning yashash joyi hisoblangan oddiy yoki noyob tabiiy majmualar tushuniladi. Shu nuqtai – nazardan qaraganda davlat qo‘riqxonalarining yer uchastkalari o‘zida alohida rejimdagi yerdan foydalanishni ifoda etadi. Ikkinchidan, davlat qo‘riqxonalari o‘z oldiga oddiy va noyob tabiiy majmualar, o‘simlik va hayvonlarning irsiy fondlarini saqlab qolish va o‘rganish, tabiiy jarayonlar va hodisalar o‘zgarishi ustidan monitoring o‘tkazish maqsadini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasidagi tabiatni muhofaza etuvchi ilmiy tadqiqot muassasasidir. O‘simlik va xayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolish va ko‘paytirishda davlat qo‘riqxonalarining roli alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimizda alohida qo‘riqlanadigan o‘n bitta tabiiy- hududiy obyekt, shu jumladan qo‘riqxonalar: Chotqol tog‘-o‘rmon, Payg‘ambarorol, Qizilqum, Boday to‘qay, Nurata, Zarafshon, Xisor, Vardanzi, Ko‘hitangtog‘, Kitob qo‘riqxonalaridir. Davlat qo‘riqxonasi yerlari huquqiy holatidagi o‘ziga xos asosiy xususiyat ushbu yerlarning to‘laligicha xo‘jalik oborotidan olib qo‘yilganligi hisoblanadi. Davlat qo‘riqxonasining o‘zi ham tabiiy resurslarni ishlatish, tabiatning tabiiy holatini bozuvchi, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishdan boshqa harakatlarni sodir qilish huquqiga ega emaslar. Hududlarni davlat qo‘riqxonasi deb e’lon qilish, muhofaza zonalari o‘rnatish va huquqiy rejimini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 27 O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” qonuni 18-modda 150 Davlat buyurtma qo‘riqxonalari 28 (zakazniklar) deganda tabiiy majmualarni yoki ularning ayrim bo‘laklarini asrash, ko‘chaytirish va tiklash maqsadida zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriylar) tushuniladi. Zakazniklar alohida qimmatga ega bo‘lgan tabiiy landshaftlar va majmualarni asrash va tiklash uchun mo‘ljallangan yaxlit; qimmatli, nodir va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun mo‘ljallangan biologik; jonsiz tabiatning qimmatli obyektlari va majmualarini asrab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik (botqoq, ko‘l, daryo); tabiat yaratgan nodir va noyob relef shakllarini asrab qolish uchun mo‘ljallangan geomorfologik; nodir geologik va minyeralogik xosilalar va tuzilmalarni asrab qolish uchun mo‘ljallangan geologik va minyeralogik zakazniklarga bo‘linadi. Zakazniklar davlat qo‘riqxonalarga nisbatan huquqiy rejimi bir muncha yumshoqrok bo‘lgan muhofaza hududlarining bir turidir. Bu yerda butun tabiiy majmua muhofaza etilmasdan, faqat uning ayrim e’lementlarigina, ya’ni ba’zi hayvon turlari, baliq urchish joylari, landshaft, noyob o‘simliklar, suv obyektlari va boshqalar muhofaza etiladi. Zakaznik (buyurtma qo‘riqxona)lar yerlari huquqiy holatidagi yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, bu toifa yerlar muddatsiz, uzoq muddatli (5 yildan ortiq), qisqa muddatli (5 yildan kam muddatga) foydalanishga beriladi. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, yoki kurortlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmasi fedyeratsiya kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda ularning taqdimnomasiga asosan tashkil etiladi hamda belgilangan tartibda davolash-kurort muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga beriladi. Ushbu toifa yerlari O‘zbekiston Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi organlari boshqaruvida bo‘ladi. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan alohida huquqiy holat belgilanib, ular qat’iy belgilangan maqsad va vazifalarni amalga 28 O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” qonuni 29-modda 151 oshirish uchun foydalaniladi hamda muhofaza etiladi. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, kurortlar atrofida joylashgan yerlardan foydalanuvchilar o‘zlari egaligidagi yerlarga nisbatan birlamchi foydalanuvchi sifatidagi huquqlarini saqlab qoladilar, ammo ular o‘z egaligidagi yerlardan foydalanganliklarida kurortlar huquqiy holatini buzuvchi hatti-harakatlarni sodir etmasliklari lozim. Masalan, sog‘lomlashtirish muassasalari atrofida sanoat inshootlarini joylashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘ta zarur holatlardagina yo‘l qo‘yiladi. Yer kodeksining 144-moddasida belgilanishicha, insonlarning davolanishi va dam olishi, shuningdek tabiiy shifobaxsh omillarni muhofaza qilishning zarur shart- sharoitini ta’minlash uchun sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda sanitariya muhofazasi okruglari belgilanadi. «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasida aytilishicha, kurort tabiiy hududlar uch tegraga bo‘linadi. Sanitariya muhofaza okruglariga davolovchi joylar, shuningdek kurortlarni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa yerlar kiradi. Sanitariya muhofaza okruglarini belgilashdan asosiy maqsad kurortlarni tabiiy fizik va kimyoviy xususiyatlarini saqlash, shuningdek ularni ishdan chiqish, ifloslanishining oldini olishdan iborat bo‘ladi. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning sanitariya muhofazasi okruglari uch zonaga bo‘linib, ulardan birinchisi qattiq rejimli zona, ikkinchisi, cheklovchi zona, va uchinchisi, kuzatuv zonasi hisoblanadi. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning sanitariya muhofaza okruglari zonasining birinchi tegrasiga davolash xususiyatiga ega manbalar, davolovchi balchiq qatlamlari, minyeral suvlar, plyajlar kiradi. Sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylarining dam oluvchilar hordiq chiqaradigan manzillari, ular davolanishi va yashashi uchun qurilgan binolar joylashgan hudud ikkinchi zona tegraga kiradi. Uchinchi zona tegraga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash bo‘lgan hududlar kiradi. Ushbu tegrada birinchi va ikkinchi tegralardan farqli o‘laroq 152 davolash manbalariga ziyon yetkazmaydigan hamda atrof muxitga zararli ta’sir etmaydigan, dam olish va davolanish uchun yaratilgan sharoitlarni yomonlashtirmaydigan, cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishiga ruxsat beriladi. Umuman olganda, yer qonunchiligi talabiga ko‘ra sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning sanitariya muhofazasi okruglari doirasida tabiiy shifobaxsh xossalarni va insonlarning dam olishi uchun qulay sharoitni muhofaza qilishga zid faoliyat taqiqlanadi . Ommaviy dam olish va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlarining tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Ushbu toifa yerlarining tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 145 va 146- moddalarida ochib berilgan. Shu kodeksning 145-moddasiga binoan ommaviy dam olish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar deganda ommaviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar tushuniladi. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar deganda Yer kodeksining 146-moddasiga ko‘ra, tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, memorial bog‘lar, mozorlar, arxeologiya, tarix va madaniyat yodgorliklarining tegishli muassasa va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan yerlarini tushunish mumkin. Tarixiy va madaniyat yodgorliklari bo‘lib jamiyat va davlatning taraqqiyoti, xalq hayotidagi tarixiy voqeliklar bilan bog‘liq bo‘lgan inshootlar, yodgorlik joylar va predmetlar, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy ijod asari hisoblanadi. Ular tarixiy, arxeologiya, shaharsozlik, arxitektura, san’at va hujjatli yodgorliklarga bo‘linadilar. Ularning ko‘pchiligi ko‘chmas mulk bo‘lib, yer uchastkasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu yerlar va alohida shartlar bilan foydalaniladigan ular atrofidagi zonalar tarix va madaniyat yodgorliklari yerlarini tashkil etadi. Ular alohida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadilar, hisobga olinadilar va himoya qilinadilar. Tarixiy va madaniy ahamiyatga molik yerlar turizm, va tegishli boshqa davlat organlari foydalanishi va muhofazasiga beriladi. Yodgorliklarni muhofaza etishni ta’minlash maqsadida muhofaza zonalari, qurilishlarni tartibga solish zonalari, va tabiiy landshaftni qo‘riqlash zonalari belgilanadi. Barcha turdagi ushbu zonalar 153 punktlarining bosh rejalari, rejalashtirish va qurilish loyihalariga kiritiladi. Ko‘rsatilgan zonalar doirasida tegishli davlat organlarining ruxsatisiz qurilish ishlari, xo‘jalik faoliyatini yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mamlakatimiz tarixiy obidalar, madaniyat yodgorliklariga boy davlat. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo‘qon shaharlari ming yillik tarixiy-madaniyat yodgorliklariga ega. Xalqimiz, butun dunyo xalqlari bu noyob obidalarni ziyorat qiladilar, undan zavq-shavq oladilar. Ular butun insoniyatning tarixiy-madaniy merosiga aylangan. Shu sababdan, ularni muhofaza qilish, asrab- avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazib berish fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari hisoblanadi. Ushbu konstitutsiyaviy qoida asosida ishlab chiqilgan joriy qonunlarda tarixiy-madaniy yodgorliklarimizni muhofaza qilishning alohida tartiblari belgilangan va ular ushbu tarixiy-madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling