Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. O‘rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

14.3§. O‘rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari 
O‘rmondan foydalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlari O‘zbekiston 
Respublikasining yangi taxrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”
32
qonunida belgilab berilgan. 
Unga ko‘ra, o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: 
davlat o‘rmon fondining o‘zlariga berib qo‘yilgan uchastkalarida o‘rmon xo‘jaligini 
mustaqil yuritish; o‘rmondan foydalanish; o‘rmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, 
32
O’zbekiston Respublikasi qonuni “O‘rmon to‘g‘risida” yanga taxrir.33-modda 


161 
keng tarqalgan foydali qazilmalardan o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; 
belgilangan tartibda yo‘l ochish; o‘rmon maxsulotini joylashtirish uchun 
maydonchalar jihozlash; ishlab chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlari qurish; 
tayyorlangan maxsulotga va uni sotishdan olingan daromadga mulkdor bo‘lish. 
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni 
takroriy ko‘paytirishni ta’minlash; o‘rmonlarning Davlat hisobini olib borish
o‘rmonlarning holatiga, tuproq va xayvonot dunyosiga, shuningdek, suv 
obyektlarinig va tabiiy obyektlarinig holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l 
qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish; o‘rmondan foydalanish uchun o‘z 
vaqtda xaq to‘lash; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini 
ta’minlash;o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik. 
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari 
«O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 34-moddasida ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra 
o‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: davlat o‘rmon 
fondi uchastkalari doirasida, muddatlarida hamda undan foydalanish turlarida 
o‘rmondan foydalanishni amalga oshirish; belgilangan tarzda yo‘l ochish, o‘rmon 
maxsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va 
inshootlari qurish. 
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilarning majburiyatlari quyidagilardan 
iborat:o‘zlariga 
berilgan 
yaylovlar, 
pichanzorlardan 
oqilona 
foydalanish; 
o‘rmonlarning holatiga tuproq va xayvonot dunyosiga, shuningdek, suv 
obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l 
qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish; o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z 
vaqtda belgilangan tartibda xaq to‘lash;o‘rmondan foydalanuvchi boshqa 
shaxslarning huquqlarini buzmaslik. 
O‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlari qonun bilan kafolatlangan. 
O’zbekiston Respublikasining yanga taxrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida” qonuni 35-
moddasida ko‘rsatilishicha, davlat, xo‘jalik va boshqa organlar hamda tashkilotlar 
tomonidan 
o‘rmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga aralashishga yo‘l 


162 
qo‘yilmaydi, o‘rmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari tiklanishi, ularga 
yetkazilgan zararlar (boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi kerak. 
Fuqarolar o‘rmonlarda dam olish, o‘zlari uchun yovvoyi holda o‘sadigan 
dorivor o‘simliklarni, rezavor mevalarni, yong‘oqlarni, qo‘ziqorinlarni, dorivor-
texnik xom ashyoni tyerish, madaniy sog‘lomlashtirish, sayyohlik va sport 
tadbirlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar. Fuqarolarning o‘rmonlarda bo‘lishi 
qonunlarda belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Fuqarolar o‘rmonda 
yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari, daraxtlar va butalarni sindirish va 
kesib ketishga yo‘l qo‘ymasliklari, o‘rmon o‘simliklariga zarar yetkazmasliklari
o‘rmonlarni ifloslantirmasliklari, chumolilar va qushlarning uyalarini buzmasliklari 
va boshqa huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasliklari lozim. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling