Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish huquqi va uning turlari
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
14.2§. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish huquqi va uning turlari
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida” qonuni va bir qator qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘rmon fondi yerlardan foydalanish huquqi o‘rmonlardan foydalanish huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir, shuning uchun bu yerlardan foydalanish tartibi ma’lum darajada o‘rmon yerlari kimga va qanday maqsadlar uchun berib qo‘yilganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekistonda o‘rmonlardan foydalanishni boshqarish qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi O‘rmon Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Harakatdagi o‘rmon qonunchiligiga ko‘ra, yer uchastkalarni berish va foydalanish tartibi quyidagicha belgilangan: o‘rmonlardan foydalanish (31–modda), o‘rmonlardan foydalanish turlari (36-46 moddalar) va boshqalar. O‘rmon fondini taqsimlash va qayta taqsimlash uning uchastkalarini o‘rmondan foydalanuvchi ma’lum shaxslarga berish va ularning ba’zilardan olib qo‘yish tartibida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham o‘rmondan foydalanuvchi bo‘lishlari mumkin. O‘rmon hududlari foydalanish uchun uzoq muddatga (10 yilgacha) va qisqa muddatga (3 yilgacha) berilishi mumkin. 160 O‘rmonlarni uzoq muddatga foydalanish uchun olish ijara (yerlarni foydalanish uchun olish maqsadida davlat bilan jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rtasida tuziladigan shartnoma) yoki tekin, xaq to‘lamasdan foydalanish tartibida amalga oshiriladi. Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining qarori o‘rmonlarni foydalanish uchun berishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ijara to‘g‘risidagi shartnoma o‘rmondan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. O‘rmonlar qisqa muddatga foydalanish uchun berilganda esa o‘rmon kesish chiptasi yoki ordyer beriladi. Quyidagilar o‘rmondan foydalanish to‘g‘risida huquqlarni mustahkamlaydigan hujjatlardir: ijara shartnomasi, daraxt kesishga ruxsat beradigan chipta, shuningdek, o‘rmon chiptasi. O‘rmondan foydalanish uchun ijara shartnomasida o‘rmon fondi uchastkasidan foydalanishning asosiy qoidalari va shartlari o‘z ifodasini topishi lozim bo‘lib, ular quyidagilardir: 1.o‘rmon fondi uchastka chegaralarining tavsifi; 2.o‘rmondan foydalanish turlari, hajmi va tartibi; 3.o‘rmon fondi uchastkasining necha yilga ijaraga berilganligi; 4.o‘rmondan foydalanuvchining o‘rmon boyliklarini muhofaza qilish, himoya qilish va qayta ishlash borasidagi majburiyatlari, o‘rmon xo‘jaligi tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash shartlari va tartibi; 5.o‘rmondan foydalanganlik uchun xaq to‘lash hajmlari va to‘lash muddatlari; 6.foydalaniladigan uchastka tavsifi va foydalanish muddati o‘tgandan so‘ng uning holatiga qo‘yiladigan talablar. Ushbu ro‘yxat o‘rmon qonunchiligiga zid kelmaydigan boshqa shartlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling