Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

1.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari mamlakatimiz yer fondida mustaqil 
toifani tashkil etib, maxsus belgilangan maqsadda, tegishli vazifalarni bajarish uchun 
xizmat qiladi;
2.Ushbu toifa yerlar tabiatning tabiiy, estetik, shifobaxsh, madaniyat, 
arxitektura omillariga ega bo‘lgan hududlarida ajratib beriladi;
3.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari xo‘jalik maqsadlarida foydalanilmaydi;
4.Bu toifa yerlardan va uning atrofida joylashgan yerlardan foydalanish va 
muhofaza etishning alohida huquqiy tartibi belgilanadi. Masalan, kurort zonalari 
atrofida uning davolash xususiyatiga salbiy ta’sir etuvchi faoliyat bilan shug‘ullanish 
man etiladi;
5.Bu yerlarni boshqaruvchi organlar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. 
Muhofaza hududlari nafaqat davlat organlari, balki jamoat organlari bilan ham
boshqarilishi mumkin;
6.Muhofaza etiladigan hududlar yerlaridan doimiy foydalanuvchi subyektlar 
bo‘lib faqat korxona, muassasa va tashkilotlar, ya’ni yuridik shaxslar hisoblanadilar. 
Fuqarolar esa faqat ikkilamchi yerdan foydalanuvchilar bo‘lishlari mumkin; 
7.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari ijaraga berilishi mumkin emas;
8.Ushbu toifa yerlardan foydalanuvchilar yer solig‘i to‘lashdan ozod 
qilinadilar;
9.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari davlat mulki hisoblanadi, shuning 
uchun ular oldi-sotdi qilinishi, garov, sovg‘a, hadya yoki boshqa turdagi 
ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. 
13.2§.Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-
madaniy ahamiyatga molik yerlarning huquqiy holati 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 70-moddasida ko‘rsatilishicha, 
tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat 


149 
qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar, tabiat 
yodgorliklariga berilgan yerlari kiradi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling