Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Aloqa va elekr uzatish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

12.4§. Aloqa va elekr uzatish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy 
holati 
Aloqa va elekr uzatish liniyalari yerlari tayanch makoni sifatida foydalaniladi. 
Ular xavo liniyalari, yer osti kabel liniyalari, zarur xizmat binolari va qurilmalari 
(podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar, kabel budkalari va shunga o‘xshashlar) 
tayanchi sifatida ajratilgan yer uchastkalari qismlari bo‘lib, ichki tuzilishga ega 
bo‘ladi. Aloqa liniyalari, elektr uzatuvchi, xavo va kabel liniyalari uchun yer 
polosalari, vaqtinchalik qurilmalar, qurilish montaj mexanizmlarini joylashtirish, 
qurilma va matyeriallarni tashish va saqlash uchun yer uchastkalari qurilish davrida 
qisqa muddatli foydalanish uchun zarur bo‘ladi. Shu turdagi yerdan foydalanishga 
nisbatan yer qonunchiligida belgilangan (Yer kodeksi 30-moddasi) o‘zganing yer 
uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi keng qo‘llaniladi. Aloqa va 
23
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi 26-modda 


140 
elektr uzatish liniyalari atrofida ularni saqlanishi uchun, shuningdek xavfsizligi 
maqsadida muhofaza zonalari o‘rnatiladi. Bu yerlar ilgarigi yerdan foydalanuvchilar 
ixtiyorida qoladi, ammo yerga nisbatan ularning huquqlari ma’lum darajada 
chegaralangan bo‘ladi. Muhofaza zonalari yerdan maxsus shartlar bilan 
foydalanishning bir turini tashkil etadi. 
Aloqa yerlarining huquqiy holati, muhofaza zonalari huquqiy holatining o‘ziga 
xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, u aloqa liniyalarini muhofaza qilish qoidalari, yuqori 
voltli elektr uzatish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalari, 1000 voltgacha 
kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalari bilan 
belgilanadi. Aloqa va elektr uzatish korxonalariga muddatsiz yoki vaqtinchalik 
foydalanish uchun yer uchastkalari ajratish, turli xil muhofaza zonalarini belgilash, 
shu xildagi yerdan foydalanish turlari munosabati bilan vujudga keladigan o‘rmon, 
yer osti boyliklari, suvlarni muhofaza qilish manfaatlarini hisobga olish zaruriyati 
ko‘rsatilgan maqsad uchun yer berish tartibi hamda yerdan foydalanish huquqi 
mazmunini aniq huquqiy tartibga solishni talab etadi. Aloqa va elektr uzatish 
liniyalari amalda barcha yer toifalaridan o‘tishini hisobga olganda ko‘pchilik yerdan 
foydalanuvchilardan ayrim yer uchastkalarini olib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Bunday 
yer uchastkalari qimmatbaho qishloq xo‘jalik maydonlari, suvni muhofaza qilish 
zonasi yerlari, o‘rmon fondi yerlari, suv fondi yerlari ham bo‘lishi mumkin. Bu esa 
shu xildagi yerdan foydalanuvchilarga ma’lum noqulayliklar to‘g‘dirishi tabiiy. Shu 
sababdan aloqa maqsadlarida yer berish jarayonida yer huquqining asosiy 
tamoyillariga, ya’ni qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanishning ustivorligi, yerni 
muhofaza qilish, tabiatni va atrof tabiiy muxitni muhofaza qilish masalalariga e’tibor 
qaratish muhimdir. 
Aloqa va elektr uzatish liniyalari uchun yerdan foydalanishda yer uchastkalari 
miqdorini belgilashda turli xil variantlar qo‘llaniladi. Bunda yer ajratishning 
belgilangan na’munaviy me’yorlari tasdiqlanadi. Ma’lum yer bo‘laklari qisqa 
muddatli foydalanishga qurilish davrida beriladi. Aloqa va elektr uzatish liniyalarini 
joylashtirish uchun sug‘oriladigan yerlar, shudgorlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar 
egallagan yerlar hamda uzumzorlar, shuningdek suvni muhofaza qilishga band 


141 
bo‘lgan yerlarni olib qo‘yishga qonunda belgilangan tartibda alohida hollardagina 
yo‘l qo‘yiladi. Havo liniyalarini joylashtirishda ayerodromlar, zich qurilgan
punktlari, sanoat korxonalari, kurortlarni muhofaza qilish sanitariya zonalari, 
zapovedniklar albatta aylanib o‘tilishi shart. 
Aloqa yerlaridan foydalanish huquqining subyektlari bo‘lib, aloqa va elektr 
liniyalarini ishlatuvchi korxonalar hisoblanadi. Bularga aloqa vazirligi, enyergetika 
vazirligi va ularning joylardagi korxonalari kiradi. Bundan tashqari, shu xildagi 
yerdan foydalanish huquqining subyektlari bo‘lib temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, 
mudofaa, ichki ishlar vazirliklari ham bo‘la oladilar. Chunki shu vazirliklarning ham
qaramog‘ida aloqa, elektr uzatish liniyalari mavjud bo‘ladi. 
1000 voltgacha kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalarini muhofaza qilish 
qoidalariga ko‘ra muhofaza zonalari quyidagicha belgilanadi: 
1. Elektr uzatishning yer usti (havo) liniyalari bo‘ylab (binolarga kiritish 
nuqtasidagi shahobchalar bundan mustasno) eng chetdagi og‘ishmagan holatdagi 
simlarning yer yuzasiga tushgan proeksiyasidan (soyasidan) xar ikki tomondan 2 
metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan chegaralangan yer 
uchastkasini qoldirish;
2. Elektr uzatishning yer osti kabeli liniyalari bo‘ylab, eng chetdagi kabellardan 
xar ikki tarafdan bir metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan 
chegaralangan yer uchastkasi qoldirish; kabellar shaharlarda yo‘lak (trotuar)lar 
tagidan o‘tkazilgan xollarda esa binolar va inshootlar tarafidan 60 santimetr va 
yo‘lning qatnov qismi tarafidan esa 1 metr masofa qoldirib, tortilgan parallel to‘g‘ri 
chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi qoldirish; 
3. Elektr uzatishning suv osti kabel liniyalari bo‘ylab, har bir kabelning uch 
tarafidan 100 metrdan masofa qoldirilgan holda suv yuzasidan suv tubigacha bo‘lgan 
masofadagi yer (suv) uchastkasi qoldirish.
Aloqa va elektr uzatish liniyalari qurib bo‘lingandan so‘ng tegishli tashkilotlar 
yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish uchun yaroqli holga keltirishi, 
yetkazilgan zararni qoplashlari kerak. Yer uchastkasi tegishli bo‘lgan qishloq 
xo‘jalik, kopyerativ, davlat korxonalari aloqa va elektr liniyalariga ehtiyotkorona 


142 
munosabatda bo‘lishlari, ularga ziyon yetkazmasliklari, himoya qilishlari shart 
bo‘ladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling