Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Nazorat uchun savollar: 
1. 
1. Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yer uchastkalari kimning tasarrufida bo‘ladi? 
2. Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanishning qanday 
xususiyatlari mavjud? 
3. Jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun yer uchastkalari kimlarga 
biriktiriladi? 
4. Jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun biriktirilgan yer uchastkalaridan 
foydalanish qanday xususiyatlarga ega? 
5. Ko‘p kvartirali uylardan jismoniy shaxs sifatida foydalanish qanday tartibda 
amalga oshiriladi? 
XII BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA 
MAQSADLARGA MO’LJALLANGAN YERLARNING HUQUQIY HOLATI
12.1§. Sanoat va transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlariga 
mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi 
Sanoat va transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan 
yerlar mamlakat yer fondi tizimida alohida mustaqil toifani tashkil etadi. 2020 yining 
1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 867.4 ming gektarni, yoki 
jami foydalaniladigan yerlarning 1.93 foizini tashkil etadi. Ushbu toifa tarkibiga 
kiruvchi yerlar tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining 69-moddasida 
belgilangan.


135 
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga 
yer berish hamda ushbu tashkilotlarning o‘zlari egaligida bo‘lgan yer uchastkalarini 
vaqtincha foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi 
belgilangan. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga 
mo‘ljallangan erlardan oqilona va unumli, ilmiy asoslangan tarzda foydalanish, ularni 
korxonalarga eng maqbul tarzda ajratib berish ko‘p jihatdan mamlakatning iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu toifadagi erlarning huquqiy holati er 
qonunchiligi bilan birga balki shaharsozlik qonunchiligi bilan ham belgilanadi.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korxonalariga er uchastkalari foydalanish 
uchun O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining 23-moddasida belgilangan tartibda 
doimiy egalik qilish huquqi asosida beriladi. Bunda yer uchastkalari tegishli 
korxonalarga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yer qonunchiligida belgilangan 
tartibda ajratib beriladi. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korxonalarining erdan 
foydalanish huquqi Er kodeksining 31-moddasida nazarda tutilgan asoslarda vujudga 
keladi. Tegishli korxonalarning er uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi esa ushbu 
huquqni beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.
Sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlari, muhandislik va transportga oid 
infratuzilmalar ob’ektlarini joylashtirish maqsadida er uchastkalari ajratilganda 
bunday erlarda sanitariya-muhofaza zonalari barpo etish ko‘zda tutiladi.
Sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarining sanitariya-muhofaza zonasida 
uylar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, dam olish ob’ektlari, jismoniy tarbiya-
sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik 
shirkatlari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling