Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Fuqarolarga jamoa sabzavotchiligi va polizchiligi uchun berib qo‘yilgan
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
11.2§. Fuqarolarga jamoa sabzavotchiligi va polizchiligi uchun berib qo‘yilgan
yer uchastkalaridan foydalanishning huquqi 132 Yer kodeksida belgilanishicha shaharlar va posyolkalarda yashovchi, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkalariga ega bo‘lmagan fuqarolarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi tuman hokimi tomonidan beriladi. Yer kodeksining 19-moddasida fuqaroning yer uchastkasidan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asoslari belgilangan bo‘lib, ulardan biri jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi yuritish uchun yer uchastkasiga egalik qilishdir. 20-moddada esa yer uchastkasidan muddatli (vaqtincha foydalanish) huquqi asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi yuritish uchun vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun fuqarolarga yer berish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Yer berish jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritishni keltirib chiqaruvchi asosiy vosita bo‘lib, bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: Dastlabki bosqich yer berilishini so‘rab ariza berishdir; Ikkinchisi, ushbu arizani vakolatli davlat organida ko‘rib chiqish; Uchinchisi, yer berish to‘g‘risida qaror chiqarish; To‘rtinchisi, natura tartibida yer uchastkasini joyida yer tuzilishiga asosan ajratib berishdan iborat. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun yerdan foydalanish o‘z-o‘zidan kelib chiqmasdan, balki belgilangan tartibda, yer berish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkasidan natura holida ajratib berilgandan so‘nggina foydalanish mumkin. Aks holda yerdan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanilgan hisoblanadi. Ajratib berilayotgan yer uchastkasi joylashgan tuman hokimigina jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risida qaror chiqarishga huquqlidir. Qayd etish kerakki, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga yer 133 uchastkalarini berish yer tuzuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan yer uchastkalarining chegaralarini shu joyning o‘zida borib o‘lchab berganlaridan keyin yerga egalik va undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan davlat hujjati berilgandan so‘nggina to‘la qonuniy hisoblanadi. Yer kodeksi 56-moddasining 2-qismiga binoan, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi tashkil etish uchun fuqarolar bog‘dorchilik uzumchilik yoki polizchilik shirkatlariga birlashadilar. Ularning faoliyat turlari, tashkil etilish tartibi, huquq va majburiyatlari, faoliyat asoslari, mahsulotni realizatsiya qilish tartibi kabilarni belgilovchi qoidalar O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun osti hujjatlarida belgilangan. Yer kodeksining 23 moddasi 4-qismiga binoan, jamoa polizchiligi uchun ajratiladigan yer uchastkalari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘dorchilik va uzumchilik uchun ajratiladigan yer uchastkalaridan farq qiladi: mazkur yer uchastkalari vaqtincha foydalanish uchun beriladi; suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim; yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan zahira yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan, ya’ni o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlardan ajratiladi; mazkur yer uchastkalari noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining vaqtincha foydalanilmayotgan yerlaridan, bunday yerlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa – qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining unumdorligi past yerlaridan, ammo polizchilik uchun qulay bo‘lgan yerlardan ajratib beriladi. Bunda jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalarida uy-joy binolari va boshqa kapital inshootlar, ya’ni korxonalar qurish taqiqlanadi. Faqatgina, jamoa polizchiligi uchun yer uchastkasini bergan tegishli tuman hokimi vaqtinchalik imoratlar va inshootlarni qurishga ruxsat berishi mumkin. Tegishli tuman hokimining ruxsati bilan bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatining har bir a’zosiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining har bir a’zosiga 0,08 gektargacha o‘lchamda yer uchastkasi quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda berilishi mumkin: 134 mazkur yer uchastkalarida ko‘chalar ochish uchun; ushbu yer uchastkalarida jamoat imoratlari va inshootlar qurish zarurligi natijasida belgilanishi mumkin. Jamoa bog‘dorchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish yordamchi ahamiyatga ham ega. Chunki jamoa bog‘dochiligi a’zolari bu faoliyatdan tashqari boshqa asosiy faoliyat bilan ham shug‘ullanadilar. Bunda ular o‘zlarining turli shaxsiy ehtiyojlarini jamoa bog‘dorchiligi yuritish orqali qondirishlari mumkin bo‘ladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling