Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§.Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarining huquqiy holati


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

12.2§.Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarining huquqiy holati 
 Sanoat erlari mamlakatimiz er fondi tizimida transport, aloqa, mudofaa 
maqsadlariga mo‘ljallangan erlar bilan birgalikda alohida mustaqil toifani tashkil 
etib, unga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga 
ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy 
foydalanishga berilgan erlar kiradi. Demak, sanoat erlari sanoat korxonalarining ular 


136 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun berilgan er maydonlaridan iborat 
bo‘ladi. 
Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra 
davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun sanoat yerlari davlatning yerga nisbatan 
mulk huquqini amalga oshiruvchi tegishli mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 
sanoat korxonalariga doimiy egalik huquqi asosida beriladi. Demak, yer 
qonunchiligining yerdan doimiy egalik huquqi asosida foydalanishga talluqli bo‘lgan 
barcha qoidalari sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holatini 
belgilashda asos rolini o‘ynaydi. Bular jumlasiga yerdan oldindan belgilanmagan 
muddatda foydalanish, yerdan belgilangan maqsadda foydalanish, yerdan 
foydalanganlik uchun haq to‘lash, yerdan foydalanish huquqini vujudga kelish 
asoslari va tartibi, yerdan foydalanishni bekor bo‘lish asoslari va tartibi, yer 
qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi qoidalarni kiritish mumkin. 
Sanoat yerlari asosan shahar va shahar tipidagi posyolkalardan tashqarida 
sanoat korxonalarini joylashtirish va ishlatish uchun ajratib beriladi. Bundan tashqari, 
sanoat yerlari shahar, posyolka, qishloq punktlari yerlari tarkibida ham joylashgan 
bo‘lishi mumkin. Bunday yerlar punkti yerlari toifasiga kirib, ularning huquqiy 
holati shu toifa yerlar huquqiy holatiga muvofiq ravishda belgilanadi. 
Sanoat yerlari sanoat korxonalarining egaligida bo‘lib, tegishli vazirlik va 
davlat qo‘mitalari tomonidan boshqariladi. Sanoat korxonalari shu toifa yerlardan 
foydalanish huquqining birlamchi subyektlari bo‘lib hisoblanadilar. Sanoat 
korxonalarining o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun berilgan yerlari sanoat yerlari 
obyektini tashkil etadi. Sanoat yerlari qoidaga ko‘ra qishloq xo‘jaligiga 
mo‘ljallanmagan yerlardan beriladi. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan lekin sifati past bo‘lgan yerlardan ajratib beriladi. Sanoat 
korxonalarini joylashtirish hamda faoliyatini yuritish uchun xizmat qiladigan yer 
maydonlarining miqdori yer qonunchiligida belgilanmagan. Uning miqdori sanoat 
korxonasini qurish loyihasida tasdiqlangan rejaga binoan aniqlanadi. Sanoat 
korxonalariga berilgan yer uchastkalari sanoat inshootlarini joylashtirish ishlab 
chiqarishni tashkil etish talablari asosida foydalaniladi. Bunday yerlardan qishloq 


137 
xo‘jalik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sanoat korxonalari sanoat 
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishda yer qonunchiligi me’yorlariga 
qat’iy rioya etishlari shart bo‘ladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling