Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI BOB. SHAHARDA YASHOVCHI FUQAROLARNING YERGA EGALIK QILISH VA FOYDALANISH HUQUQLARI 11.1
Nazorat uchun savollar:
1.Aholi punkti yerlari tushunchasi nimani anglatadi? 2 Shahar va posyolka yerlarning tarkibiga nimalar kiradi? 3.Aholi puntlari yerlarining huquqiy holati qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi? 4. Aholi puntlari yerlarining huquqiy holatida qanday xususiyatlar mavjud? 5. Qishloq aholi punktlari tushunchasi nimani anglatadi? XI BOB. SHAHARDA YASHOVCHI FUQAROLARNING YERGA EGALIK QILISH VA FOYDALANISH HUQUQLARI 11.1§. Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish huquqi Ko‘p kvartirali uylar shahar qurilishi yerlarida joylashadi. Ammo ushbu uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uyga kirib chiqishi yoki boshqacha tarzdagi hayotiy ehtiyojlarini qondirishi uchun (masalan bolalar o‘yingohlarini tashkil qilish, ommaviy tadbirlar uyushtirish va h.k.) xizmat qiladigan yer uchastkalari umumiy 130 foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shu sababli qonunchilikda ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalarining o‘ziga xos huquqiy maqomi belgilangan. Ushbu maqsadlarda ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanishni nazorat qilib borish mazkur uylar boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ya’ni uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi 22 . O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘ladi. Ma’lumki, shahar yerlarida, xususan ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat va inshootlar hozirgi paytda buzilmoqda, ular yong‘in xavfsizligi qoidalari, qurilish me’yorlari va seysmik talablarga xilof ravishda qurilganligi sababli atrofdagilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. O‘zbekiston Respublikasining 2006 y. 12.04 qabul qilingan “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunining (Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 22 fevralda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006 yil 24 fevralda ma’qullangan) 3-moddasida xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati tushunchasiga ta’rif berilib, unga ko‘ra xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir. Ushbu qonunning 8-moddasida shirkatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari yoritilgan bo‘lib, shirkatlar hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining tashkil etilishi, ko‘p kvartirali uylarda yashovchilarning uy-joy fondida yashash qoidalariga rioya etishi masalalari hamda birgalikda hal etishni talab qiladigan boshqa masalalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiladilar, deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 22 aprel yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” qonunining 4- 22 O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksi 63-modda 131 moddasida “Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi” deb belgilangan bo’lsa 6–moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi hududlari qutidagicha belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi). Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish hamda ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz qonunchiligida mahalla zimmasiga mahalla hududi tabiatini ekologik jihatdan muhofaza qilishdek muhim ma’suliyat yuklangani bejiz emas. Chunki mustaqillik yillarida mahallalarda o‘tkazib kelinayotgan ekologik tadbirlar, xususan davlatimiz rahbarining maxsus farmonlari asosida amalga oshiriladigan “hasharlar” ko‘p ming yillik tarixga ega. Demak, biz huquqiy asoslarga ega bo‘lgan hasharlarni yurtimizdagi muhim ekologik tadbirlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Bunday tadbirlar ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalarining ekologik jihatdan yaxshi holda saqlanishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida milliy an’analar uyg‘unligi asosida amalga oshiriladigan ekologik tadbirlar tobora an’anaviy tusga ega bo‘lib bormoqda. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling