Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Nazorat uchun savollar: 
1. O‘rmon fondi yerlari tushunchasi nimani anglatadi? 
2. O‘rmon fondi va o‘rmon fondi yerlari tushunchalari o‘rtasida qanday farqlar 
mavjud? 
3. O‘rmon fondi yerlari huquqiy holatida qanday xususiyatlar mavjud? 
4. O‘rmon fondi yerlarining huquqiy holati qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadi?
5. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanuvchilarning qanday huquqlari mavjud? 
6. O‘rmon yerlaridan foydalanuvchilarga qanday majburiyatlar yuklatilgan? 
 
 
XV BOB. SUV FONDI YERLARINING HUQUQIY HOLATI
15.1§. Suv fondi yerlari to‘g‘risida tushuncha va uning huquqiy holati tavsifi 
Mamlakatimiz yer fondi tizimida suv fondi yerlari mustaqil toifani tashkil etadi. 
2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 835.2 ming
gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 1.86 foizini tashkil etadi. Suv fondi 
yerlarining ma’nosi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasida o‘z 
ifodasini topgan. Unga ko‘ra, suv fondi yerlari deganda davlatning vakolatli organlari 
tomonidan suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan, suv bilan qoplangan, 


163 
gidrotexnika inshootlari joylashgan, suv obyektlari qirg‘oqlari egallagan mintaqalar 
tushuniladi.
Suv fondi yerlarining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksidan 
tashqari bir qator qonunlarida ham belgilangan. Bu qonunlar jumlasiga O‘zbekiston 
Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish 
to‘g‘risida» qonunlarini va b.q. ko‘rsatish mumkin. Ushbu qonunlarda suv fondi 
yerlari tushunchasi, ulardan foydalanish va muhofaza qilish tartibi hamda shartlari 
belgilangan. Chunonchi, Yer kodeksining 77-moddasida ko‘rsatilishicha, suv fondi 
yerlariga suv xavzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika 
va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va 
boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi 
ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda 
berilgan yerlar kiradi.
Demak, suv fondi yerlari tarkibini uch qismdan iborat deyish mumkin. 
Shulardan birinchisi suv bilan qoplangan, ya’ni suv ostida, tubidagi yerlardir. Bularga 
suv xavzalari, ya’ni daryolar, ko‘llar, suv omborlari bilan band bo‘lgan yerlar kiradi. 
Aytish mumkinki, suv fondi yerlarining asosiy qismini suv bilan qoplangan yerlar 
tashkil etadi. Suv bilan qoplangan yerlar deganda yil davomida doimo yoki yilning 
ko‘p qismida suv tagida bo‘lgan yerlar tushuniladi. Qisqa vaqt davomida – sug‘orish 
davrida, yomg‘ir vaqtida, daryo toshgan vaqtda suv bilan qoplangan yerlarni biz bu 
toifaga kiritmaymiz. Suv bilan qoplangan yerlarga yana vaqtinchalik sug‘orish 
kanallari, sho‘ri yuviladigan maydonlar, basseynlarni ham kiritish mumkin emas. 
Ikkinchi qism suv fondi yerlariga gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi 
inshootlari egallab turgan yerlarni kiritish mumkin. Suv xo‘jaligi inshootlari deganda 
lotoklar, quvurlar, suv xo‘jaligiga xizmat qiladigan ma’muriy binolar, to’g‘onlar va 
boshqalar tushuniladi. Ularni joylashtirish uchun, albatta, yer uchastkalari ajratilishi 
lozim bo‘ladi. Ana shu inshootlar egallagan yerlar ham suv fondi yerlarini tashkil 
etadi. 
Uchinchi qism suv fondi yerlari jumlasiga suv xavzalarining qirg‘oqlari 
bo‘ylab ajratib qo‘yilgan mintaqalardagi yerlar kiritiladi. Bunga 20 metr kenglikdagi 


164 
qirg‘oq mintaqalari, kemalar uchun ajratilgan mintaqalar hamda muhofaza qilish 
uchun ajratilgan zonalar kiradi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling