«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha ishlanma


Tekis mexanizmlarni hosil qilish. Mexanizmlarning Assur-Artobolevskiy klassifikatsiyasi


Download 32.33 Kb.
bet3/9
Sana07.11.2023
Hajmi32.33 Kb.
#1753670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlar-fayllar.org

Tekis mexanizmlarni hosil qilish. Mexanizmlarning Assur-Artobolevskiy klassifikatsiyasi
Har qanday mexanizm asosga o’rnatilgan bo’lib, bu asos shartli ravishda qo’zg’almas zveno deb karaladi. Sxemalarda qo’zg’almas zveno shtrix chizik,lar bilan belgilanadi. qo’zg’almas zveno hamda u bilan aylanma kinematik juft hosil qiluvchi zvenodan tashkil topgan sis­tema boshlang’ich mexanizm deyiladi (8-shakl, a). Bundan mexanizm­ning qo’zg’aluvchanlik darajasi 1 ga teng, ya’ni:
F-3/g — 2 pL = 3 • 1 — 2-1 = 1.

Murakkabrok mexanizmlar boshlang’ich mexanizmga kinematik zanjirlarni (zvenolarning kinematik juftlar orqali bog’langan turkumlarini) qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi. Ko’p zvenolardan tashkil topgan mexanizmlarning qo’zg’aluvchanlik darajasi boshlang’ich mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasiga teng bo’lib qolishi uchun qo’shiladigan kinematik zanjirning qo’zg’almas zveno bilan hosil qiladigan yopik zanjirining qo’zg’aluvchanlik darajasi nolga teng bo’lishi kerak. Bunday kinematik zanjirlar Assur gruppalari deyiladi (8-shakl, b; 9-shakl, b; 10-shakl, 6).


Yukorida aytilganlarga va keltirilgan misollarga ko’ra, Assur gruppalarining hosil bulish sharti qo’yidagicha:
W = 3n-2P1 = 0, (1.2)
Bundan (1.3)
Assur gruppalari richagsimon zvenolar va qo’yi kinematik juftlardan tashkil topgan. Agar mexanizm tarkibida oliy kinematik juft mavjud bo’lsa, qo’yi kinematik juftli bitta qo’shimcha zveno bilan almashtiriladi.
(1.3) ifodadan ko’rinib turibdiki, zvenolar kasr son bo’la olmaslik shartiga kura, Assur gruppalaridagi zvenolarning va unga mos keladigan kinematik juftlarning soni qo’yidagi qiymatlardan biriga ega bo’ladi:
p = 2 p = 4 p = 6 p = 8
r1=3 r1 = 6 r1 = 9 r1 = 12 va x. k.
Assur gruppalari akademik I. I. Artobolevskiy taklif etgan klassifikatsiya bo’yicha qo’yidagi klasslarga bo’linadi:
  1. klass. Aylanma xarakat qiluvchi bosh zveno. U qo’zg’almas zveno


    bilan qo’yi kinematik juft hosil qilgan bo’lishi shart (8-shakl, a),
  2. klass. Ikki zvenodan tashkil topgan gruppa (11-shakl).


  3. klass. Tarkibida 3 tomonli yopik, va ochiq, konturi bo’lgan


    gruppa (12-shakl).
  4. klass. Tarkibida 4 tomonli yopiq, konturi bo’lgan gruppa


  5. klass. Tarkibida 5 tomonli yopik, konturli bo’lgan gruppaYukorida ko’rsatilgan shakllarga ko’ra, aylanma


  6. harakat qiluvchi bosh zveno I klassga ta’lluqlidir harakat qiluvchi bosh zveno I klassga ta’lluqlidir (8-shakl, a). II klass gruppasi uchun asosiy belgi shundan iboratki, gruppa ikki zvenodan tashkil topgan bo’lib, uchta kinematik juftga ega, ulardan ikkitasi tashqi kinema­tik juftlardir (11-shakl).


III klass gruppasining muhim belgisi shundan iboratki, 14- shakl gruppadagi asosiy zveno o’zining uchta nuqtasi bilan kinematik juft hosil qiladi. Asosiy zveno uchburchak shaklida yoki richag ko’rinishida bo’lishi mumkin (12-shakl). III klass gruppasining muhim belgisi shundaki, gruppa tarkibida 4 tomon­li yopiq kontur bor (13-shakl).


V klass gruppasidagi muhim belgi undagi besh tomonli yopiq, kon-turning mavjudligidir (14-shakl). IV klassdan boshlab yuqori klass-larning hammasida gruppa tarkibidagi yopiq kontur tomonlarining soni gruppa klassini belgilaydi.
III klassdan boshlab yuqori tartibli klassga mansub gruppalar uchun undagi zvenolar soni gruppa klassini belgilamaydi, balki klass turlarini bildiradi.
Xar bir klassga mansub bo’lgan gruppani o’ziga xos kinematik va dinamik tekshirish usullari mavjud buo’lib, bu usulni boshqa klass­ga tatbiq etib bo’lmaydi. Demak, mexanizm tuzilishini gruppalarga ajratib tekshirishdan maqsad, ularni kinematik va dinamik tekshi-rishda qo’llanilishi lozim bo’ladigan tekshirish usullarini belgilash-dan iborat. Mexanizmni gruppalarga ajratish bosh zvenoga nisbatan eng uzoqda joylashgan gruppadan boshlanadi. Bunda dastlab ikkinchi klass, buning iloji bo’lmasa, uchinchi klass gruppasi ajratiladi va hokazo. Gruppani ajratish natijasida mexanizm qolgan qismining qo’zg’aluvchanlik darajasi o’zgarmasligi shart. Gruppalarga ajratish mexanizmda yetakchi zveno qolguncha davom etadi. Ajratilgan gruppa­lar orasida eng yuqori klass mexanizmning qaysi klassga mansubligini belgilaydi. SHuni ham aytib o’tish lozimki, mexanizmning klassi gruppalarga ajratish qaysi zvenodan boshlanishiga ham bog’lik. Misol. 15-shaklda ko’rsatilgan randalash stanogi mexanizmi Assur—Arto­bolevskiy buyicha klassifikatsiya qilinsin.
Echish. 1) mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasi aniqlanadi: k=7—umumiy zve­nolar soni; n= 6-xarakatlanuvchi zveno­lar soni; n =8—qo’yi kinematik juftlar soni; r2 = 1—oliy kinematik juftlar soni.
U holda
W=3n — 2p1p2 = 3-6 — 2 -8- 1 = 1.
Adabiyotlar
  1. Rustamxo’jaev G.P «Mexanizm va mashinalar nazariyasidan masala ќamda misollar to’plami» Toshkent, «O’qituvchi», 1987y.


  2. Jo’raev A., Mavlyaviev M., Abdukarimov A., Miraxmedov D. «Mexanizm va mashinalar nazariyasi». T. «G’afur G’ulom», 2004


  3. Mashina va mexanizmlar nazariyasidan ma’ruza matnlari, KFKZ, KEM, Toshov B. TMM O’Zb., 2005.


  4. Toshov. B.R., Mirzayev M.SH., Toshov J.B ‘’Mexahizm va mashihalar nazariyasi’’ fanidan kurs loyihasi topshiriqlari va uni bajarish uchuh uslubiy ko’rsatma.. Navoiy-2006 y.





Download 32.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling