SHatunning burchak tezlanishini nisbiy harakatdagi tangentsial tezlanishni shatun uzunligiga teng radius-vektorga bo’lib topamiz. Haqiqiy tezlanishlarni tezlanish rejasi va mexanizm sxemasidagi qiymatlarga almashtirib quyidagini hosil qilamiz:
Qisqartirilgandan keyin olamiz:
(rad/s) (4.11)
SHatunning burchak tezlanish yo’nalishini vektor ko’rsatadi, shartli ravishda mexanizm sxemasining S nuqtasiga tezlanishlar rejasidan ko’chiriladi. Berilgan holatda shatunning burchak tezlanishi soat strelkasiga qarama-qarshi yo’naltirilgan, burchak tezlik singari, bunda tezlanuvchan harakatlanadi.
Xulosa qilganda, zveno va nuqtalarning tezlanish va qiymatlari mexanizmlarni kuchga hisoblashga inertsiya kuch va momentlarni topishda foydalaniladi.
Mustaqil ish uchun vazifa:
34.Berilgan qiymatlar lvs= 1,0 m va n1=200 ga ko’ra krivoship- polzunli mexanizm zvenolari va unga tegishli nuqta tezlik va tezlanishlarini tezlik va tezlanishlar rejasini qurish usulidan foydalanib aniqlang
35. Berilgan qiymatlar lAB=0,50m, lBC= 1,20 m h = 0,02 m va n1=200 ga ko’ra dezaktsial krivoship- polzunli mexanizm zvenolari va unga tegishli nuqta tezlik va tezlanishlarini tezlik va tezlanishlar rejasini qurish usulidan foydalanib aniqlang
36.Berilgan qiymatlar LAB=0,30m, LBC= 1,30m, LSD =1,0m; LAD=1,6m; LVE=0,5m; LEF=1,1m; XF=0,4m va n1=200(ayl/min) ga ko’ra krivoship-polzunli mexanizm zvenolari va unga tegishli nuqta tezlik va tezlanishlarini tezlik va tezlanishlar rejasini qurish usulidan foydalanib aniqlang
37. Berilgan qiymatlar LAB=0,30m, LBC= 0,80m, LSD =1,0m; LSE=0,1 m; LEF=1,2m; X0=1,1m; Y0=0,6m va n1=230 ga ko’ra dezaktsial krivoship- polzunli mexanizm zvenolari va unga tegishli nuqta tezlik va tezlanishlarini tezlik va tezlanishlar rejasini qurish usulidan foydalanib aniqlang
Adabiyotlar
Rustamxo’jaev G.P «Mexanizm va mashinalar nazariyasidan masala ќamda misollar to’plami» Toshkent, «O’qituvchi», 1987y.
Jo’raev A., Mavlyaviev M., Abdukarimov A., Miraxmedov D. «Mexanizm va mashinalar nazariyasi». T. «G’afur G’ulom», 2004
Mashina va mexanizmlar nazariyasidan ma’ruza matnlari, KFKZ, KEM, Toshov B. TMM O’Zb., 2005.
Toshov. B.R., Mirzayev M.SH., Toshov J.B ‘’Mexahizm va mashihalar nazariyasi’’ fanidan kurs loyihasi topshiriqlari va uni bajarish uchuh uslubiy ko’rsatma.. Navoiy-2006 y.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |