Mexanizm zvenolari va unga tegishli nuqta tezlik va telanishlari haqida tushuncha
Oldin sterjenli mexanizm tezlik va tezlanish klassifikatsiyalarini ko’rib chiqamiz. Tezlik to’g’risida gapirilgan fikrlar tezlanishga ham taalluqlidir.
Tezlik – burchak va chiziqliga bo’linadi.
Zvenolar burchak tezlikka ega bo’ladi, shatun ham, har bir vaqt oralig’ida qandaydir nuqta atrofida aylanyapti deb faraz qilish mumkin. (absolyut harakatdagi oniy aylanishlar markazi yoki nisbiydagi sharnir zveno). Polzun bundan mustasnodir, u ilgarilanma harakatlanadi. Odatda burchak tezlik grek harifi w (omega) bilan belgilanadi va ular rad/s larda o’lchanadi. Burchak tezlik ikki yo’nalish bo’yicha harakatlanadi: soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha va soat strelkasiga qarama-qarshi. CHiziqli tezlikka zveno nuqtalari va ilgarilanma harakat qiluvchi polzun kiradi. CHiziqli tezlik vektor kattalikdir va u lotin harifi v bilan belgilanadi. CHiziqli tezliklarni absolyut, nisbiy va relyativga ajratamiz.
Absolyut tezlik – bu qo’zg’almas stoykaga nisbatan tezlik. Tezlik bu nuqtaning indeksiga qarab belgilanadi, misol VV yoki Vs.
Nisbiy tezlik – zvenodagi bir nuqtaning ikkinchi nuqtasiga nisbatan tezligi. Asosan shatundagi nuqtalarning nisbiy tezliklarini ko’rib chiqamiz, misol, Vcv S nuqtaning V nuqtaga nisbatan tezligi.
Relyativ tezlik – bu bir zvenodagi nuqtani mos ravishda tushuvchi boshqa zvenodagi nuqtaga nisbatan tezligi. Bu tezlikni kulisali mexanizmlarda ko’rib chiqamiz. V nuqta (3.4-rasm) 1-krivoship, va 2-toshda sharnir holatda tosh krivoship bilan bog’langandir; SHu vaqt oralig’ida bu nuqta 3-kulisadagi nuqta bilan ustma-ust tushadi. Vv3v1 (yoki Vv3v2) relyativ tezlik – bu kulisadagi V3 tezlikning krivoshipdagi V1 nuqtaga nisbatan tezlik (yoki V2 toshdagi nuqtaga). Tosh va kulisaning bir-biriga nisbatan ilgarilanma harakatini hisobga olgan holda, relyativ tezlik bu kulisani toshga nisbatan tezligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |