Mexmonxonalarda xizmat ko’rsatish turlari va rivojlanishi


Mehmonxonalarning turlari


Download 175.92 Kb.
bet4/12
Sana24.10.2023
Hajmi175.92 Kb.
#1718370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mexmonxonalarda xizmat ko’rsatish turlari va rivojlanishi kurs ishi

1.2.Mehmonxonalarning turlari
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi.
6Mehmonxonalar interelari yani o‘z ichki tuzilishi

1.2.2-rasm

Apartamentli mehmonxonalar. Uzoq vaqt yashashga mo‘ljallangan apartamentli mehmonxonalar, oddiy mehmonxonalarga qaraganda, foydali maydonining kattaligi va ularda mijozlar uzoq vaqt yashashi bilan farq qiladi. Nomerning qo‘shimcha maydoni odatda qulay kreslo va divan qo‘yilgan mehmonxona hamda ko‘p funksiyali qaznoqqa ega kichik oshxona shaklida bo‘ladi.


Joylashtirish ob’ektlarining yana bir shakli-pansionlar ham jahon amaliyotida ancha keng tarqalgan. Ularda yashash, odatdagi mehmonxonalarda yashashga qaraganda,ancha arzon turadi. Mehmonxonadan pansionning asosiy farqi shundaki,u toifalarga ajratilmaydi.
Idoraviy mehmonxonalar umumiy tipdagi mehmonxonal arni ng bir turi hisoblanadi. Bunday mehmonxonalar asosan ma’lum idora, muassasa yoki korxonaga ish yuzasidan tashrif buyurgan odamlar yashashi uchun mo‘ljallanadi. Idoraviy mehmonxonalar tegishli idora yaqinida yoki jamoat transporti yaxshi qatnaydigan joyda quriladi.
Chet el da anjumanlar uchun mo‘ljallangan maxsus mehmonxonalar qurish keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar odatda «kongressrotel» yoki «konferens-otel» deb nomlanadi. Chet elda shuningdek ishbilarmonlar uchun ham maxsus mehmonxonalar - «biznesrotellar» quriladi. Odatda bu mehmonxonal arni ng shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi. Ularda kongresslar o‘tkazish uchun zallar, majlislar, konferensiyalar, simpoziumlar uchun alohida joylar, har xil turdagi restoranlar, aloqa va bank bo‘limlari, teletayp, teleks, basseynlar, saunalar, kegelbanlar faoliyat ko‘rsatadi.
Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi. Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan guruhli tur - ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular shaharda, shahar tashqarisida, turistik ob’ektlar yaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda, ko‘pincha yashil massivlar yaqinida quriladi.
Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda turistik xizmatlar ko‘rsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar xonalari mavjud bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut turiga va mazkur marshrut bo‘ylab turistlarning harakatlanish usuliga bog‘liq.
Turistik bazalar, dam oluvchilarning muayyan tarzda tartibga solingan kontingentiga, yuklash, foydalanish va ish tartibiga ega bo‘lgan turistik muassasalarning an’anaviy turi sifatida, asosan maxsus ishlab chiqilgan va jihozlangan piyoda, chang‘i, suv, tog‘, ot, chana, velosiped, avtobus trassalari yoki aralash turistik trassalardan o‘tkazilgan marshrutlar bo‘ylab sayohat qiluvchi rejali (qisman - mustaqil) turistik guruhlarni dam olishga qabul qilish va xizmat ko‘ rsatish uchun mo‘ ljallanadi.
Turistik bazalar odatda shahar yaqinidagi dam olish zonalarida, turistik- sog‘lomlashtirish hududlari yoki komplekslari tarkibida joylashadi.
Kurort mehmonxonal ari bir joyda nisbatan uzoq vaqt dam olish uchun mo‘ljallanadi. Ay rim hollarda bunday mehmonxonalarda profilaktik davolanish yoki shifo olish imkoniyati ham nazarda tutilishi mumkin. Buning uchun kurort mehmonxonal ari da kurortning asosiy sohasiga ko‘ra davolash-sog‘lomlashtirish binolari va xonalari quriladi, parhez ovqatlanish tashkil etilishi ham mumkin.
Odatda kurort komplekslari da umumiy, maishiy, tibbiy va sport xizmatlarining katta qismi umumiy kurort muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi. Buning uchun umumiy kurort restoranlari, barlari, qahvaxonalari, kattalar va bolalar uchun oshxonalar, ko‘p funksiyali zallar, kinoteatrlar, savdo korxonalari, stadionlar, sport zallari, tennis kortlari, sport va o‘yin maydonchalari, berk va ochiq basseynlar, ot sporti markazlari va h.k. quriladi.
Taymsher - mehmonxona xizmatlarini ng nisbatan yangi turi. Uning nomerlar fondi odatda 50-250 nomerdan tashkil topadi. Alohida qurilmalarga ega bo‘lishi ham mumkin. Kvartira tipidagi nomerlar fondiga ega, xizmatlar ko‘rsatish shart-sharoitlari kurort mehmonxonalaridagi o‘xshash. Alohida kvartiralar xususiy mulkdorlarga sotiladi, ammo taymsher to‘liq boshqaruvchi kompaniya tomonidan nazorat qilinadi.
Apartamentli mehmonxonalar. Uzoq vaqt yashashga mo‘ljallangan apartamentli mehmonxonalar, oddiy mehmonxonalarga qaraganda, foydali maydonining kattaligi va ularda mijozlar uzoq vaqt yashashi bilan farq qiladi. Nomerning qo‘shimcha maydoni odatda qulay kreslo va divan qo‘yilgan mehmonxona hamda ko‘p funksiyali qaznoqqa ega kichik oshxona shaklida bo‘ladi.
Joylashtirish ob’ektlarining yana bir shakli-pansionlar ham jahon amaliyotida ancha keng tarqalgan. Ularda yashash, odatdagi mehmonxonalarda yashashga qaraganda,ancha arzon turadi. Mehmonxonadan pansionning asosiy farqi shundaki,u toifalarga ajratilmaydi.Ammo bu pansionda yashash sharoiti
mehmonxonadagi yashash sharoitidan yomon degan ma’ noni anglatmaydi.


7Dunyodagi eng katta xalqaro mehmonxonalar zanjiri

Download 175.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling