“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni
Mehnatni texnik me’yorlash mohiyati
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
ME\'YOR DARSLIK (2)
5.2.Mehnatni texnik me’yorlash mohiyati.
Mehnatni texnik normalash deganda ma’lum texnik sharoitlarda biror-bir mahsulot turini yoki bir ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat me’yorlari ni (Vaqt me’yori, mahsulot ishlab chiqarish me’yori, xizmat ko‘rsatish me’yori va x.k.) ilmiy ishlab chiqarish tushuniladi. Mehnatni texnik normalash - ishlab chiqarishda mehnatni to‘g‘ri tashkil etishning negizidir, chunki har bir ish o‘rnida uchastkada sexda mehnatni tashkil etish, avvalo har bir konkret ish operatsiyasini bajarish uchun qancha mehnat sarf qilinishi va ishning qanday sifati zarurligini aniqlab olishdan boshlanadi. Mehnatning miqdori va sifati aniqlab olingandan keyin ma’lum xajmidagi ishni bajarish uchun talab qilinadigan ishchilar soni, ularning kasb va malakasi tarkibini belgilash mumkin. Demak, mehnatni tashkil etish uchun barcha qilinadigan ishlar oldindan hisoblab chiqilgan va ilmiy asoslangan mehnat sarfi me’yorlari mavjud bo‘lishi kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda texnik me’yorlar asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Mehnatni texnik normalash mehnatni tashkil etishning eng ratsional forma, uslub va usullarini tanlab olib joriy qilinga imkoniyat tug‘dirishi bilan birga texnika jixatdan asoslangan va progressiv Me’yorlarni joriy qilishni ta’minlaydi. 35 Mehnatni yengillashtirish, sog‘lomlashtirish va mehnat sharoitini yaxshilash, mehnatni ilmiy asosida tashkil etish bo‘yicha injener texnika va iqtisodchilar bir qatorda fiziologlar va psixologlarning tavsiyanomalari hisobga olinadi. Texnik me’yorlar faqat ishbay ish bajaruvchi ishchilarning mehnatini tashkil qilish uchungina emas, balki vaqtbay ishlovchi ishchilarning mehnatini ham, shuningdek, injener-texnik xodimlarning va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ham mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Texnik me’yorlarning ilg‘or ish usularini va uslublarini o‘rganish va umumlashtirishda, shuningdek shu asosda ratsional mehnat protseslarini ishlab chiqishdagi ahamiyati ayniqsa kattadir. Bunda ortiqcha mehnat harakatlari bartaraf etiladi, kam unumli mehnat xarakatlari samarali mehnat xarakatlari bilan almashtiriladi. Mehnat me’yori muayyan bir ish operatsiyasini bajarish uchun sarflanadigan ish vaqti bilan belgilanadi. Ish vaqti mehnatning birdan-bir o‘lchovi hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda u Vaqt me’yoridan kelib chiqadi.Mehnat me’yorlari turlari Shunga ko‘ra ish vaqti ham normalashtiriladi va Vaqt me’yori deb yuritiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling