“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Нр = Ms + (ТCH - TCHfoy )


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

Нр = Ms + (ТCH - TCHfoy )  
Bu yerda Нр – material sarf normasi Ms– materiallarning sof sarfi, ТCH – 
texnologik chiqindilar, ТОисп – ishlatiladigan chiqindi,
4.2. Ilg’or sarf me’yorini ishlab chiqish bosqichlari. 
Ilg’or material sarf me’yorlarini ishlab chiqish materiallarni sof sarfini 
hamda ularni ishlatish davrida yuzaga keladigan chiqindi va yo’qotishlarni 
kamaytirishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan birgalikda olib 
borilishi zarur. 
Me’yorlarni ilg’orlik darajasi materiallardan foydalanish ko’rsatkichi bilan 
baholanadi. Bunday ko’rsatkichlar sifatida yaroqli mahsulot chiqish ko’rsatkichi va 
materiallardan foydalanish koeffitsienti maydonga chiqadi. 
Yaroqli mahsulot chiqish ko’rsatkichi boshlang’ich xom-ashyoni istemol 
meyorini ilg’orligini asosolanganligini belgilaydi va yaroqli mahsulot miqdorini 
uni ishlab chiqarish uchun sarflangan xom-ashyo miqdoriga nisbati orqali 
aniqlanadi: 
YМ=
%
100
x
Q
Gx
 
(4.2) 


27 
Bu yerda: 
G – yaroqli mahsulot og’irligi; 
Q – sarflangan xom-ashyo miqdori; 
Materiallardan foydalanish koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi 
Km = Ms / Нm 
Где Ms - sof sarf, Нm -material sarf meyori 
Ushbu koeffitsient 1 ga qancha yaqin bo’lsa me’yorlashtirilagan material 
shunchalik samarali sarflanadi. 
Ilg’or sarf me’yorini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 

-ilg’or korxona, sex, uchastkalar va ilg’or ishchilar tajribalarini o’rganish va shu 
asosida materialar iqisodi bo’yicha rezervlarni aniqlash; 

-aniqlangan rezervlarni ishga solishga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish; 

-rejalashtirilgan tadbirlarni iqtisodiy samaradorligini aniqlash, olingan 
natijalarni e’tiborga olingan holda sarf me’yorlarini ilg’orligini baholash; 

-korxona, sex, uchastka va ish o’rinlarida me’yorlarni o’zlashtirish ishlarini 
tashkil etish. 
Ishlab chiqilayotgan jamlanma-rejaviy me’yorlar, ushbu meyorlarni 
o’rnatish vaqtidagi material sarflarini ifodalamaydi.Ular tashkiliy texnik 
tadbirlarda ko’zda tutilgan materiallar iqtisodini e’tiborga olgan holda o’rnatilishi 
zarur. Agar P
m
– mahsulot birligiga boshlang’ich material sarfini, I- rejalashtirilgan 
tashkiliy-texnik tadbirlar bo’yicha iqtisodini Q
m
–rejalashtirilgan mahsulot hajmini 
belgilansa hisoblangan jamlanma rejaviy norma (N
а
) quyidagicha ifodalanishi 
mumkin: 
Bunda: 
– mat erial resurslardan foydalanish soxasidagi rivojlanishni e’tiborga 
olmagan xoldagi me’yorning o’rtacha darajasini ifodalaydi. 

munosabat takomillashgan me’yorlarni ifodalaydi. 


28 
Oxirgi munosabat kattaligi qanchalik katta va tashkiliy texnik tadbirlar rejasi 
bilan asoslangan bo’lsa, rejalshtirilayotgan me’yorlar shunchalik ilg’or 
bo’ladi.Normativlar turli tarmoqlarda, ise’mol qilinadigan material resurlar turi, 
mahsulot tayyorlash texnologiyasi va ishlab chiqarish ko’lamiga bog’liq holda 
turlicha hisoblanadi. 
Masalan: mashinasozlik korxnasida (ommaviy va yirik seriali ) asosiy 
materiallar sarfi har bir detal bo’yicha hisoblanadi. Ular asosida spetsifik va 
jamlanma buyum bo’yicha sarf me’yorlari shakllantiriladi. Bunda material sarf 
me’yorlarini aniqlashda qat’iy asoslangan ilmiy texnik hisoblarga tayaniladi. 
Mayda 
seriali 
va 
yakka 
tartibli 
ishlab 
chiqarishda 
mahsulot 
nomenklaturasining kengligi me’yorlarini detallashtirilgan tarzda hisoblash 
qiyinlashtiradi. Shu sababdan ushbu holatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
namunalari bo’yicha meyorlar o’rnatiladi. Bunda namunaviy mahsulotlarni 
tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish talab etiladi: 
1) Namuna umumlashtirilayotgan mahsulotlarga konstruktiv-texnologik jixatdan 
yetarli darajada o’xshash bo’lishi lozim; 
2) Namunani ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materialiar nomenklaturasi 
guruhga kiruvchi mahsulotlar uchun materiallar nomenklaturasi bilan mos kelishi 
zarur. Namuna uchun hisoblangan materiallar sarf me’yori har bir mahsulot 
ulushini e’tiborga oluvchi koeffitsient yordamida aniq mahsulot uchun sarf 
me’yoriga o’tkaziladi. 
Yangidan o’zlashtirilayotgan mahsulotlar uchun sarf meyorlari amaldagi 
me’yorlardan foydalanish asosida belgilanadi. Bunday uslub konstruktiv-
texnologik o’xshashlik uslubi deyiladi. Sanoat korxonalarida xom-ashyo va 
materiallar sarf me’yorlarini ishlab chiqish bilan -bosh texnolog bo’limi, yoqilg’i 
va elektr energiya sarf me’yorlari- bosh energetik bo’limi, texnologik uskuna sarf 
me’yori bilan bosh mexanik bo’limi shug’ullanadi. 
 


29 
Material sarf me’yorlarining mavjudligi sharoitida har bir aniq mahsulot 
uchun me’yorlar o’tkazish koeffisiyenti asosida o’rnatiladi 
Ns mah=Nnam*Ko’t 
Bu yerda:
Ns mah- mahsulot turi uchun sarf me’yori; 
Nnam- namunaviy mahsulot uchun hisoblangan material sarfi me’yori; 
Ko’t- o’tkazish koeffisienti 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi bir turda bo’lmasa, dastlab 
ishlab chiqarishda yaxshi o’zlashtirilgan namunaviy detallarni ajratib olish va ular 
bo’yicha texnologik chiqindilar va yo’qotishlarni har tomonlama hisobini yuritish 
zarur. Ushbu jarayon materiallardan foydalanishning namunaviy koeffisiyentlarni 
o’rnatish uchun zarur. Namunaviy koeffisiyentlar asosida material sarfi me’yorlari 
quyidagicha aniqlanadi. 
Nd=Ds/Knam 
Bu yerda; 
Nd-1 detal uchun material sarfi; 
Ds-detal sof og’irligi 
Knam-materialdan foydalanish namunaviy koeffisiyenti; 
Konstruktiv – texnologik metodda material sarfi normasi quyidagicha 
hisoblanadi: 
Nm= (Qs*nb)/(100*Knam) 
Bu yerda: 
Qs- o’zlashtirilayotgan mahsulotning sof og’irligi; 
nb- o’zlashtirilayotgan material guruxining bazaviy mahsulot og’irligidagi 
nisbati, foizda
2
; 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling