“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Me’yorlashtirish funksiyalari va tartibi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

2.4.Me’yorlashtirish funksiyalari va tartibi. 
Me’yorlashtirish korxonada quyidagi ishlarni o‘tkazilishini ta’minlaydi 
1. Texnik normalash ishlarni tariflashtirish savollari bo‘yicha sex ishlari 
tizimini instruktaji; 
2. Ishlab chiqarishda amal qiluvchi normalar darajalarini o‘rganish hamda 
uning bajarilishini doimo nazoratini tashkil qilish; 
3. Sexlar va uchastkalardagi haqiqiy vaqt safini aniqlash. Normani 
bajarmayotgan ishchilarni aniqlash, o‘rnatilgan mehnat me’yorlari ni bajarilmaslik 
sabablarini tahlil qilish; 
4. Ish vaqtidan yo‘qotishlarni aniqlash hamda ularning sabablarini topish; 
5. Me’yorlarni ko‘rib chiqish rejasini tuzish, me’yorni ko‘rib chiqish ishini 
tayyorlash va olib borish
6. Sex, uchastka, brigadalarda joriy kalendar davri uchun mehnat sig‘imini 
kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish vazifalarini ishlab chiqish; 
7. Vaqt me’yori, ishlab chiqarish me’yori va rassenkani o‘rnatish; 
8. Ish joylarini ratsional tashkil etish va unga xizmat qilish bo‘yicha 
takliflarni ishlab chiqish. 


19 
Me’yorlash ishlarini umumiy xolati uchun korxona boshlig‘i, sex va ishlab 
chiqarish bo‘limlarida bo‘lim hamda sex boshliqlari javobgardir. 
Korxonada resursni texnik normalash darajasi hamma normalash ishlarini 
qanchalik operativ va ratsional tashkil etilganligi bilan ishchilarning aktiv ishtirok 
etishi bilan aniqlan mumkin. 
Korxonadagi texnik normalashni to‘g‘ri tashkil etishda ishlab chiqarish 
me’yorini bajarilishini va egallashni doimiy tekshirish katta o‘rin egallaydi. Ishlab 
chiqarish me’yorini bajarilishini doimiy nazorat qilish va hisobga olish 
quyidagilarga imkoniyat yaratadi: 
1. Eskirgan, pasayib ketgan va xato me’yorlarni vaqtida bilishga
2. Ishlab chiqarish me’yorini bajarmagan ishchilarni topishga va normani 
nima sababdan bajarmaganlik sabablarini yuzaga chiqarishga
3. Mehnat unumdorligini o‘sish zaxiralarini aniqlashga; 
4. Reja vazifasi bilan kelishilgan holda ish haqi va mehnat unumdorligining 
o‘zaro mutanosibligini o‘rganishga. 
Shuning uchun yuqoridagi barcha aytilganlarni amalga oshirish uchun 
avvalo ish vaqti sarflari aniqlanib tahlil qilinishi maqsadga muvofiqdir. 
Ish vaqtini o‘rganish esa mehnat me’yorlarini to‘g‘ri ishlab chiqish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling