“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


 Me’yorlashtirishning analitik uslubi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

 
3.2. Me’yorlashtirishning analitik uslubi 
Me’yor belgilashning eng ilg‘or va asosiy uslublardan hisoblangan analitik 
uslub hozirda keng qo‘llanilmoqda. Bu uslubda me’yor belgilash uchun operatsiya 
tarkibiy qismlarga ajratiladi, operatsiyani bajarish uchun amalga oshiriladigan 
asosiy va yordamchi ish usullari va bu ish usullarini bajarish uchun qilinadigan har 
bir xarakat va ayrim xarakatlar uchun ketadigan ish vaqti hamda ish o‘rniga xizmat 


22 
ko‘rsatish va ishchi qobiliyatini saqlab turilishi uchun dam olish va hokazolar vaqti 
ham hisobga olinadi. U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 
1. Normalashtirilayotgan operatsiya o‘rganiladi. 
2. Operatsiyani chuqur o‘rganish ,tahlil qilish uchun tashkil qiluvchi 
elementlar (usullar) va xarakatlar aniqlanadi. 
3.Har bir element va harakatni bajarish vaqti ta’sir qiluvchi omil aniqlanadi 
va analiz qilinadi. 
4. Ilg‘or mehnat usullari va uslublari o‘rganilib va ular asosida 
operatsiyaning tarkibi, elementlarni bajarish ketma-ketligi analiz qilinadi va 
loyihalashtiriladi. 
5. Ish operatsiyasining ayrim elementlarini ma’lum ish vaqti ichida birining 
o‘rniga boshqasini bajarish (qo‘l ishlarini mashinada yoki qisman mashinada va 
qisman qo‘lda bajarish) imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini hisobga olgan 
holda loyihalashtirilgan operatsiyaning har bir elementlari uchun va butun 
operatsiy uchun vaqt me’yori belgilanadi. 
6. Qabul qilingan ish operatsiyalari elementlarini belgilangan izchilikda 
bajarishni, jihozlarning ishlash rejimi va ish o‘rniga xizmat ko‘rsatish tartibini joriy 
qilishni, ish sharoitini yaxshilash, sog‘lomlashtirishni ta’minlovchi tashkiliy-
texnikaviy tadbirlar ishlab chiqiladi. 
7. Ishchilarni yangi ish sharoitlarini va tezkorlik mahoratlarini egallashlari 
uchun ishlab chiqarish instruksiyasi o‘tkaziladi. Analitik normalashning ikki uslubi 
qo‘llaniladi: 
1) Anatilik-hisoblash uslubi; 
2) Analitik-tadqiqot uslubi. 
Bu ikkala uslub ham mazkur operatsiyani bajarish uchun ishlab chiqarish 
sharoitlarini o‘rganishni hamda uni tarkibiyqismlarga ajratishni taqozo qiladi.Bu 
esa operatsiyani va uning ayrim elementlarini nihoyatda sifatli analiz qilish 
imkonini beradi. Bundan tashqari jihozlardan, asbob-uskunalardan, moslamalardan 
optimal foydalanish, mehnat jarayonlariga oqilona tashkil qilishi hisobga olingan 


23 
holda operatsiyadagi har bir element (usul, xarakat va ayrim xarakat) ish vaqti sarfi 
belgilanadi. 
Resurslarni 
me’yorlashtirishning 
analitik-hisoblash 
uslubi 
– 
normalashtiriladigan operatsiyani dastlabki tarkibiy elementlarga bo‘lishdan, 
operatsiyaning ratsional strukturasini aniqlashdan hamda oldindan ishlab chiqilgan 
va tasdiqlangan normativlar bo‘yicha vaqt va mahsulot ishlab chiqarish me’yorini 
hisoblab chiqishdan iboratdir. 
Analitik-hisoblash uslubning avzal tomoni shundaki

u normativlar va ishlab chiqilgan texnikaviy prosess mavjud bo‘lgan sharoitda 
oldindan asoslangan me’yorlarni hisoblab chiqish imkonini beradi, mehnatga 
belgilanadigan me’yorlarning bir xilda bo‘lishini, operatsiyani elementlarga 
bo‘lish, ajratishga bir xilda yondashishni ta’minlaydi, ishlab chiqarishni va 
mehnatni tashkil qilishning, ishlab chiqarish texnologiyasining va ish joyini 
texnika bilan qurollantirishning progressivligini talab qiladi, normalashning 
yagona metodikasini qo‘llash imkonini beradi.Me’yor belgilash uchun ish joyida 
normalashtiruvchi bevosita bo‘lishini talab qilmaydi. Me’yorlashtirishda 
qilinadigan sermehnat ishlar ancha qisqaradi, chunki bunda bevosita kuzatish yo‘li 
bilan ish vaqti sarfini o‘rganib chiqishga hojat qolmaydi, normalovchi ma’lumotlar 
yordamida me’yor belgilashi mumkin bo‘ladi. 
Bu uslubning nuqsonlari quyidagilardan iborat: 
1) normalashtiriladigan operatsiyalarning hamma elementlari uchun normativlar 
yo‘q.
2) normativlardan esa ko‘zda tutilgan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar amaldagi 
tashkiliy-texnikaviy sharoitlardan prinsipial ravishda farq qilishi mumkin. 
Bunday hollarda har xil tuzatish koeffitsientlarini qo‘llashga, normativlarni 
tegishli hisob-kitoblar bilan to‘ldirishga to‘g‘ri keladi, bu esa me’yorlarning 
asoslangan va progressiv bo‘lishiga halaqit beradi. Shuning uchun analitik 
hisoblash uslubi bilan bir qatorda analitik tadqiqot uslubi keng qo‘llaniladi. 
Analitik tadqiqot (eksperimental) uslubi operatsiyaga va uning har bir 
elementiga vaqt sarf qilinishi ish joyida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida olingan 
ma’lumotlar asosida aniqlanadi. 


24 
Bu uslub: 
1) asoslangan me’yorlarni belgilash uchun keng va aniq material olish; 
2) mehnatni ilg‘or uslub va usullarini o‘rganish va umumlashtirish, shunigdek 
amaldagi vaqt normativlarini ishlab chiqish hamda uyg’unlantirish, asoslangan 
me’yorlarni belgilash; 
3) mazkur korxona mehnatning qanday tashkil qilinganligini, texnikaviy va 
texnologik holatni maksimal darajada hisobga olish; 
4) ilg‘or tajribadan foydalanish va ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilish imkonini 
beradi.
1
Korxonalardagi ishlab chiqarish sharoitlari turlicha bo‘lganligi sababli 
asoslangan me’yor belgilash uchun analitik uslubning har ikki turini qo‘llash 
kerak, shundagicha ular bir birini to‘ldiradi. Bundan tashqari tajribada har xil 
aralash variantlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, operatsiyaning ba’zi 
elementlari bo‘yicha mana shu elementlarga vaqt sarfi analitik-tadqiqot uslubi 
bilan, boshqalari analitik-hisoblash uslubi bilan aniqlanadi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling