“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


-MAVZU KIRISH. KURSNING PREDMETI VA VAZIFASI


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

1-MAVZU KIRISH. KURSNING PREDMETI VA VAZIFASI 
REJA : 
1.1. Erkin iqtisodiy munosabatlar tizimida me’yorlashtirishning roli va 
vazifasi. 
1.2. Fanni o’rganish predmeti va uslublari .
1.3. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi
Tayanch so’z va iboralar: Kursning maqsadi va vazifasi, kurs ob’ekti va 
predmeti, fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 
1.1. Erkin iqtisodiy munosabatlar tizimida me’yorlashtirishning roli va 
vazifasi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar 
orasida erkin raqobatga asoslangan kurash ketadi, chunki xoxlagan ishni yoki 
xizmat turlarini bajarishni faqatgina yakka-yu yagona korxonalar tomonidan 
bajarilmasdan, bir necha korxonalar ham shunday bir xil faoliyatlar bilan erkin 
shug‘ullana boshlaydilar. Undan tashqari ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatishni 
boshqarishda 
yuqoridan 
ko‘rsatiladigan 
buyruqbozliklar 
zamonidagi 
monopoliyalar yo‘qoladi. 
Bozor iqtisodiyoti davrida ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar 
orasidagi yuzaga kelgan raqobat – xo‘jaligini yuritish mexanizmlarining yanada 
taqqqiy etish, rejalashtirish maqsadlariga o‘z vaqtida erishish uchun lakomativ 
bo‘lib hisoblanadi. 
Raqobatda yengib chiqishning yagona yo‘llaridan biri ishlab chiqarilgan 
mahsulotning, yoki ko‘rsatilgan xizmatning tannarxini pasaytirishdir. Bunga esa 
faqatgina ilmiy asoslangan mehnat me’yorlarini amaliyotga o‘z o‘rnida joriy qilish 
natijasidagina erishiladi. Me’yorlarni ishlab chiqish, tekshirish va ularni ishlab 
chiqarishga joriy etish usul va uslublarini o’rganish «Me’yorlashtirish asoslari» 
fanining asosiy vazifasidir. 



Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishga intilayotgan yosh va mustaqil 
davlat uchun xo‘jalik yuritish va uni boshqarish mexnizmlarini samaradorligini 
yanada oshirish uchun shunday tadbirlarni ishlab chiqish va rejalashtirish 
maqsadga muvofiqki, ularni xalq xo‘jaligining qaysi bir tarmog‘iga tadbiq etganda 
ham iloji boricha kamroq kapital (sarmoya-mablag‘) talab qilinishi kerak. Uning 
ustiga o‘sha yosh va endigina mustaqillikka erishgan davlatning hayot qurishining 
dastlabki start maydonchasi moddiy va texnikaviy tomondan ancha quvvatsiz va 
zaif bo‘lganda. Bunday maqsadga muvofiq chora tadbirlarni ishlab chiqishda, 
ularni amaliyotga o‘z vaqtida, o‘z o‘rnida joriy etishda ham «Me’yorlashtirish 
asoslari» fanining salmoqli va yetakchi o‘rni bor. Sababi, talabalar bu fanni puxta 
o‘zlashtirishlari natijasida ish vaqti sarflarini kuzatish-fotografiya o‘tkazish 
usullaridan keng foydalanib, nafaqat ish kuni davomidagi ish vaqti sarflaridan 
foydalanish darajasini va nihoyat bekor ketgan va maqsadga muvofiq bo‘lmagan 
unumsiz sarflangan ish vaqti miqdorlarini ularni kelib chiqish sabablarini 
aniqlanadi va bu sohada katta tajriba oshiradilar. O‘z navbatida ortiqcha va 
maqsadga muvofiq foydalanilmagan ish vaqtlarini butunlay bartaraf qilish, hech 
bo‘lmaganda ularning miqdorini kamaytirish-ijrochilar tomonidan bajarilgan 
mutlaqo keraksiz yoki ortiqcha hujjatlardan ozod qilish yoki voz kechish evaziga 
erishish mumkin. Bunday chora-tadbirlar odatda hech qanday kapital sarmoya 
talab qilmaydi, talab qilgan taqdirda ham sezilarli miqdorda emas. Masalan
ijrochini biron-bir ishni (masalan poyafzalni tayyor idishga – korobkaga solib 
berish) yoki xizmat ko‘rsatish, masalan, (ustara bilan mijozini sochini olish)ni iloji 
boricha ikki qo‘l bilan bir tekisda harakat qilib bajarishni o‘rgatish, odatda 
sarmoya talab etilmaydi desak ham xato bo‘lmasa kerak. 
Korxonalarda (mulkchilikning qaysi shaklida bo‘lishindan qat’iy nazar) 
ishlab chiqarish samaradorligiga, tayyorlangan mahsulotning, ko‘rsatilgan 
xizmatning sifatini oshirish ko‘p hollarda ijrochilarning o‘z mehnat natijalaridan 
moddiy rag‘batlanganlik darajasiga bog‘liq, buga esa faqatgina har tomonlama va 
ilmiy asoslangan me’yorlarni joriy qilish natijasidagina erishish mumkin.. Undan 
tashqari me’yor va normativlar faqat ish haqi miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun va 



nihoyat, texnologik va mehnat jarayonlarini loyihalash, mehnatni, ishlab 
chiqarishni boshqarishni tashkil etish, ishlab chiqarishni rejalashtirish, hamda har 
bir ijrochining jamoa ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissalarini baholash, o‘lchash 
uchun ham dastlabki manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Har bir ishning o‘zini bilgandan ko‘ra, o‘sha ishning ko‘zini bilgan ma’qul 
degan o‘zbek maqoli bor. Shunday ekan qanday kishi ishning ko‘zini biladi degan 
savol tug‘ilishi tabiiydir. Bunga javob quyidagicha. Odatda, har bir inson bir 
sohada astoydil va e’tibor bilan kundalik topshirilgan ish vazifasini qoyilmaqom 
qilib bajarish bilan bir qatorda, o‘z malakasini uzluksiz oshirish bilan shug‘ullanish 
natijasida misqollab to‘plagan tajribasini, o‘zini kundalik mehnat faoliyatida ishga 
solish natijasida har ishni, xizmatni boshqa bir sohada ishlayotgan kishiga nisbatan 
tez, yyengil va sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab 
chiqarishni samaradorligini, tayyorlangan mahsulotning yoki ko‘rsatilgan 
xizmatning sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri ilg‘or ish uslublarini 
ishlab chiqarishga joriy qilishdir. 
O‘z navbatida, ilg‘or ish uslublarini aniqlash, o‘rganish va amaliyotga 
uzluksiz tadbiq etish yo‘llari, tartiblari va bosqichlari, «Me’yorlashtirish asoslari» 
fani orqali keng miqyosda, batafsil yoritiladi va o‘rganiladi. Undan tashqari, ish 
vaqti sarfini kuzatish uslublaridan biri hisoblangan xronometraj asosiy maqsadi 
ham ilg‘or ish uslublarini aniqlash, umumlashtirish, loyihalashtirish va ishlab 
chiqarishga joriy etishdir. Shuning uchun ish vaqtidan foydalanishni kuzatish 
uslublariga alohida etibor berilishi kerakdir.Ushbu masalalarning hammasi 
mehnatni me’yorlash bo‘limida ko‘rib chiqiladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling