“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

Nazorat uchun savollar: 
1. Me’yorlar turlari mohiyati? 
2. Me’yirlarning turli shakldagi ishlab chiqarish sharoitlarida aniqlash 
formulalari? 
3. Resurslarnini me’yorlash uslublari mohiyati? 
4. Jamlash uslubi kamchiliklari hamda anatilik uslub afzalliklari? 
5. Mehnat me’yorlari turlari mohiyati? 
6. Vaqt me’yorining turli shakldagi ishlab chiqarish sharoitlarida aniqlash 
formulalari? 
7. Mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini aniqlash formulalari? 
8. Xizmat ko‘rsatishme’yorlari ni aniqlash formulalari? 


20 
9. Vaqt me’yori tarkibidagi asosiy vaqtni aniqlash formulalari? 
10. Mehnat me’yorlarining bajarilishini hisobga olish formulalari? 
11. Asosiy mashina vaqtini hisoblash usullari? 
 
III MAVZU RESURSLARNI ME’YORLASHTIRISHNING USLUBLARI 
REJA : 
3.1.  Me’yorlashtirishning jamlash uslubi xususiyatlari. 
3.2. Me’yorlashtirishning analitik uslubi
Tayanch so’z va iboralar: resurslarni me’yorlashtirish mohiyati, resurslarni 
me’yorlashtirishning jamlash uslubi resurslarni me’yorlashtirishning analitik-
tadqiqot uslubi, mahsulot ishlab chiqarish me’yorini aniqlash formulalari, mehnat 
me’yorlarining bajarilishini hisobga olish tartibi. 
 
3.1. Me’yorlashtirishning jamlash uslubi xususiyatlari. 
Resurslar sarfini me’yorlashtirish uslublari ikki guruhga bo‘linadi: analitik 
va jamlash uslublari. 
Jamlash uslubi resurslarni me’yorlashtirish usullariga ko‘ra: sinov, tajriba, 
statistika, taqqoslash turlariga ajratiladi. 
Jamlash uslubi hamma turlarida vaqt (mahsulot) me’yori operatsiyaga yoki 
detalga yaxlit holda, bajariladigan ish elementlariga ajratib hamda ish rejimi va 
usullarini loyihalashtirib o‘tirmasdan (jamlab) belgilanadi. 
Sinov – tajriba uslubida butun bir operatsiyaga yoki ishni bajarishga 
ketadigan vaqtni normalashda normalashtiruvchi o‘z tajribasiga binoan ilgari xuddi 
mana shunday o‘xshash operatsiya yoki ishga sarflangan vaqt asosida aniqlanadi. 
Statistik uslub bilan operatsiya yoki ishni bajarish uchun me’yor vaqtni 
ishlab chiqarish me’yorini belgilashda o‘tgan davr ichida xuddi shunday 
operatsiya yoki ishga sarflangan vaqt va mahsulot ishlab chiqarish me’yorining 
o‘rtacha haqiqiy darajasi to‘g‘risidagi hisobotlardan olingan statistic ma’lumotlar 
asos qilib olinadi. 


21 
Taqqoslash uslubi shu bilan xarakterlanadiki, bu uslubda operatsiyaga yoki 
ishga sarflanadigan resurs me’yori boshqa huddi shunga o‘xshash operatsiya
yoki ishga solishtirish, taqqoslash asosida aniqlanadi. 
Jamlash uslubning bir qator kamchiliklari bor, birinchidan, bunda operatsiya 
yoki ishni bajarish uchun belgilangan me’yor vaqti eski mehnat uslublari va 
usullari qo‘llanilganligini, ratsional uslub va usullari qo‘llash mumkinligini 
ko‘rsata olmaydi, ilg‘orlarning ish usullari bilan taqqoslash imkonini bermaydi, 
chunki vaqt me’yorini belgilashda operatsiya yoki ish uni tashkil qiluvchi element 
usul va harakatlarga ajratilmaydi, ular chuqur o‘rganilmaydi,me’yor normalovchi 
tajribasi, statistic ma’lumotlar, taqqoslash orqali yaxlit xolda belgilanadi natijada 
eski yo‘l qo‘yilgan xatolar qaytariladi, unumsiz harakatlar va elementlar 
aniqlanmay qolaveradi, natijada mehnat unumdorligini oshirish rezervlari 
ochilmay qolaveradi; ikkinchidan, progressiv va texnik asoslangan me’yor
belgilash imkoni yaratilmaydi, chunki operatsiyani yoki ishni tashkil qiluvchi 
elementlarni bajarish izchilligi chuqur tahlil qilinmaydi, texnikadagi o‘zgarishlar, 
ish o‘rinlarini tashkil qilish, undagi sharoitlar va unga xizmat ko‘rsatish aniq 
hisobga olinmaydi; uchinchidan ish vaqtidan oqilona foydalanish, ketayotgan ish 
vaqtini aniqlash, jihozlarning bekor turib qolish hollarini, ular quvvatidan to‘la 
foydalanilmayotganligini aniqlash va ularni yuqori darajaga ko‘tarish uchun chora-
tadbirlar belgilash imkoniyatiyo‘q; nihoyat, korxona ishini analiz qilish 
korxonaning samaradorligini oshirish yo‘llari va rezervlarini aniqlash imkonini 
bermaydi. Shuning uchun hozirda bu uslublar ishlab chiqarishda qo‘llanilmaydi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling