“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

Nazorat uchun savollar: 
1. Meyorlashtirish mohiyati va ahamiyati nima bilan ifodalanadi? 
2. Me’yor tushunchasi va uning turlari? 
3. Normativ tushunchasi va uning turlari? 
4. Me’yor va normativlarning qanday turlari ajratiladi? 
5. Me’yorlashtirishga qanday talablar qo’yiladi? 
 
 
 
 
 


10 
 
2- MAVZU RESURSLARNI ME’YORLASHTIRISHNING ZARURLIGI 
VA AXAMIYATI 
REJA : 
 
2.1. Me’yor va normativlar tushunchasi. 
2.2. Me’yor turlari klassifikatsiyasi. 
2.3.Me’yor va normativlarga qo’yiladigan talablar .
 2.4.Me’yorlashtirish funksiyalari va tartibi.
 
 
Tayanch so’z va iboralar: me’yorlashtirish, me’yor, normativ, me’yor va 
normativlarga qo’yiladigan talablar, me’yor guruhlari, turlari, hisobot – statistik 
me’yor va normativlar,operativ me’yor va normativlar. 
 
2.1. Me’yor va normativlar tushunchasi. 
Korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirishning asosini 
ilmiy asoslangan texnik – iqtisodiy me’yor va normativlardan foydalanish,
korxona normativ bazasini shakllantirish tashkil etadi . Ular korxona rejaviy 
ko’rsatkichlar sifatini belgilab beradi. Me’yor va normativlar xo’jalik boshqarish 
mexanizmi var ejalashtirishning muhim elementi hisoblanadi. 
Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur 
bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni 
resurslarga talabni me’yorlashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u 
minimal harjat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga erishishni 
ko’zlaydi. 
Xo’jalik yuritish amaliyotida me’yorlashtirish – normal ishlab chiqarish 
jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira 
kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Me’yorlashtirish ning elementlari 
sifatida me’yor va normativlar yuzaga chiqadi. Me’yor – mahsulot birligini 


11 
tayyorlash uchun xom – ashyo, material, energiya, yoqilg’ining absolyut sarfining 
ruhsat etilgan miqdori. Mashina uchun kauchuk sarfi, 10 ming tonna kilometr 
brutto uchun dizelyoqilg’I sarfi. 
Shunday qilib, natural, mehnat va qiymat ifodasida ifodalangan me’yor 
yo’rdamida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha harajatlar hisobga 
olinadi (reglamentlashtiriladi). 
Normativlar mehnat buyumlari va mehnat vositalaridan foydalanish 
darajasini, mahsulot birligi, maydon, og’irlik, hajm birligiga resurslar sarfini 
xarakterlaydigan ko’rsatkichlardir. Masalan, metalldan foydalanish koeffitsienti,
1m
2
maydondan olinadigan mahsulot miqdori, ular foizi, mahsulot chiqish foizi. 
Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib koeffitsientlarda belgilanadi 
(masalan, jihozning yuklanish koeffitsienti, sutning yoglilik darajasi). 
Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda
aylanma mablag’lar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy 
normativlar deb yuritiladi. 
Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni va ahamiyatini 
quydagicha tasvirlash mumkin: 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling