“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
ME\'YOR DARSLIK (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3 . Fotoxronometraj va momentli kuzatish uslubi
K
bar = min max P P (10.1) Xronometraj qatorlarining barqaror bo‘lishi uchun haqiqiy koeffitsient normadagi koeffitsientdan yuqori bo‘lmasligi kerak. Operatsiyaga sarflanadigan vaqt me’yori va mahsulot ishlab chiqarish me’yori hamda operatsiya bahosi ratsenkasi hisoblanadi. Operatsiyaga sarflanadigan vaqt me’yori (Nv) operativ vaqtga ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqtini, dam olish va shaxsiy zaruratlar vaqtini qo‘shilishidan aniqlanadi. 8.3. Fotoxronometraj va momentli kuzatish uslubi Ayni bir vaqtining o’zida ishchining vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichlari bilan mahsulot birligi uchun sarflangan operativ vaqtni, ya’ni asosiy va yordamchi vaqtlarni aniqlash usuli fotoxronometraj deb ataladi. Fotoxronometraj fotografiya va xronometrajning elementlarini o‘z ichiga oladi. Uning fotografiya va xronometrajdan afzalligi shundaki uning yordamida to‘la bir ish kuni yoki uning bir qismi davomida ham fotografiya ham xronometraj ma’lumotlarni olish mumkin. Jumladan bir vaqtning o’zida ya’ni kuzatuv o‘tkaziladigan vaqt ichida ish vaqti sarfining hakikiy normativ ma’lumotlarini, ishchining ish vaqti va jihozdan oqilona foydalanishida zoe ketayotgan vaqtlarning 68 sababini aniqlash, operatsiyaning tarkibi va uning elementlari bo’yicha vaqt normativini va mahsulot ishlab chiqarish me’yorini belgilash, nihoyat, mehnat unumdorligini oshirish rezerflarini aniqlash hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha tadbirlar belgilash mumkin. Fotoxronometraj o‘tkazishda normalovchi dastlab fotografiya kuzatuv varaqasiga ishchining tayyorgarlik ishlari va ish joyiga xizmat ko‘rsatishga ketgan vaqtni qayd qiladi, ishchi bu ishlarni tugatib, operativ ish bilan shug‘ullana boshlashi bilan fotografiya o‘tkazish kuzatuv varaqasini bir chetga qo‘yib, kuzatuvchi xronometrajda o‘tkazish kuzatuv varaqasini to’ldirib beradi. Agar smena davomida biror-bir sababiga ko‘ra (ishchining ishdan chalgishi, mexanikni chiqarishi, mashinani remont qilish va xokazolarga kura) tanaffus qilinsa, u xolda normalovchi xronometraj kuzatuv varaqasini tuldirishni davom ettiradi. Fotoxrometraj tugagach ma’lumotlar, ikkala kuzatuv varaqasi bo’yicha alohida-alohida ishlab chiqilib, tahlil qilinadi va tadbirlar belgilanadi. Operatsiya elementlari nisbatan uzoqroq davom etadigan ish operatsiyalarini fotoxronometraj qilish maqsadga muvofiqdir. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling