“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


S=a+b+s+d  Shunda:  A+B+S+D=3


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

S=a+b+s+d 
Shunda: 
A+B+S+D=3 
yoki 
S=
A
B
C
D
 

3

A=S-D; B=S-C; C=S-B; D=S-A 
5. Xronometraj o‘tkazishda qo‘llaniladigan apparatlar va jihozlarning sifatli 
ishlashi tekshiriladi. Bunda quyidagilar kiradi. ikki yoki uch strelkali tezyurar 
sekundomerlar, o‘rganiladigan jarayonni elementlari bo’yicha grafik shaklda yozib 
boruvchi xronometraj asboblari va boshqalar. 
6. Xronometraj o‘tkazishdagi kuzatishlar soni aniqlanadi. U operatsiya va 
operatsiya elementlarning qancha davom etishi va ularning bajarish usullari 
(mashinada, mashina-qo‘lda, qo‘lda) ga bog‘liqdir. 
7. Xujjatlarni rasmiylashtirish xronometraj o‘tkazishda asosiy xujjat 
xronometrajning kuzatuv varaqasidir. Bu varaqa olingan ma’lumotlar asosida 
to‘ldiriladi.
5
5


66 
8.2. Xronometraj o’tkazish va ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi 
Normalovchi kuzatuvchi ish boshlar ekan, birinchi satrga birinchi kuzatuv 
boshlangan vaqtni yozib qo’yadi. Keyingi kuzatuvlar tanlab olingan kuzatuv 
usuliga bog‘liqdir. Agar uzluksiz (joriy vaqt) usul tanlangan bo‘lsa, unda 
normalovchi operatsiyaning har bir elementining bajarilishi tartibini avval 
belgilangan payd nuqtalarga qarab yozib boradi. Bunda normalovchi 
operatsiyaning har bir elementining bajarilishi tartibini avval belgilangan qayt 
nuqtalarga qarab yozib boradi. Bunda normalovchi operatsiyani har bir 
elementining tamom bo‘lishidagi joriy vaqt ko‘rsatkichlarini yozadi. Agar 1 
elementning boshlanishi kuzatuv vaqtining boshlanishi bilan teng deb olsak, ya’ni 
sekund bo‘lsa, uning tugash vaqti 5 sekundga teng bo‘lsa, bu vaqt I elementning 
tugallash vaqti va 2 elementning boshlanish vaqtidir va xakozo. Shu tariqa 
aniqlangan kuzatishlar soni qancha bo‘lsa, normalovchi shuncha marta o’lchaydi. 
Shu kuzatish oraligidagi ishdagi to‘xtashga, brak to‘g‘rilashga yoki mashina 
buzilgach mexanik chakirishga, mashina remontiga va xokazolarga ketgan vaqtlar 
kartaning mahsus bo‘limiga yoziladi va bu vaqtlar operatsiya elementlarining Vaqt 
me’yorini hisoblashda hisobdan chiqarib tashlanadi. 
Xronometraj ma’lumotlarni ishlash va tahlil qilish. 
Xronometraj qilish ishlarining bu bosqichi juda muhim bosqichdir, chunki 
olingan ma’lumotlardan texnik jihatdan asoslangan mehnat me’yorini hisoblab 
chiqishda foydalaniladi. Bu bosqichda quyidagi ishlar bajariladi: 
1) Har bir ish usulining qancha davom etishi aniqlanadi, birinchi o’lchash 
natijasining ikkinchi o’lchash natijasidan farqi qayd qilinadi. 
2) Raqam qatorlaridan operatsiya elementlarin normal bajarishdagi farq 
qiluvchi o‘lchash me’yorlari va normalovchining kuzatish vaqtida yo‘l qo‘ygan 
noaniq o‘lchash natijalari olib tashlanadi. Har qanday xronometraj qatorida 
operatsiya mazkur elementning davom etishida tafovutlar bo‘ladi, ya’ni 
sarflanadigan sekundlar miqdori bir xil bo‘lavermaydi. Buning sababi operatsiya 


67 
elementlariga sarflanadigan vaqt miqdoridagi tafovutlar ishlab chiqarish 
jarayonidagi ob’yektiv va sub’ektiv sabablariga ko‘ra yuz berishidadir. 
Masalan, ishchi operatsiyalarni bajarayotganda o‘z harakatini bir qator 
susaytirishi va tezlashtirishi mumkin. Bu ham element uchun sarflanadigan vaqt 
miqdoridagi tafovutlarga olib keladi. Operatsiya elementlariga sarflar miqdori 
(xronoqatordagi sekund ko‘rsatkichlari) bir-biridan uncha katta farq qilmasdan 
davom etsa, xronoqatorlar ham bir tekis bo‘ladi. 
3). Xronoqatordagi notekis tafovutlar bartaraf qilingandan keyin 
haronoqatorlarning sifati barqarorlik koeffitsienti (Kbar) yordamida aniqlanadi. U 
xronometraj qatoridagi maksimal (Pmak) va minimal (Pmin) vaqt nisbatiga teng: 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling