Mezolit davri yodgorliklari
Download 219.24 Kb.
|
6 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarafshon mezoliti.
G’orning madaniy qatlamlarini qazish jarayonida antropologik materiallar bilan bir qatorda xilma–xil hayvonlarning suyaklari – paleontologik materiallar ham topildi. Palezoolog B. Botirov Machay g’oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklarini topdi. Ular qizil bo‘ri, tulki, bars, moynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon, dalasichqon, to‘ng’iz, Buxoro bug’usi, ayiq, echki, toshbaqa va boshqa yovvoyi hayvonlarga mansub bo‘lgan. Machayliklar asosan arhar va jayron ovlaganlar. G’ordan hayvon suyaklarining topilishi bu yerda yashagan mezolit davri kishilari ovchilik va termachilik shug’ullanganliklarini bildiradi. Tadqiqotlar g’orning mil.av. YII – YI ming yilliklarga mansub ekanligini ko‘rsatdi.
Zarafshon mezoliti. Samarqand shahridan 27 km. janubiy-g‘arbda, Qoratovning tog‘ oldi hududida, Sazag‘on qishlog‘iga yaqinidan arxeolog olim M.Jo‘raqulov mezolit va neolit davrlariga doir makonlarni topib o‘rgangan. Ulardan Sazag‘on I makoni mezolit davrining so‘nggi bosqichiga (mil. avv. VII ming yillik) oid. Makonning madaniy qatlamidan mikrolit, qirg‘ich sifatida ishlatilgan kichik tosh qurollari, o‘q-yoy uchlari, qalamsifat va prizma shaklidagi o‘zaklar, har xil uchrindilar, ushatgich, teshgich va kesuvchi qurollar topib o‘rganilgan. Makondan xarsang toshqalamalar o‘rganilgan. Bu yerdagi aholi yarim yerto‘la uy va chaylasimon kapalarda yashagan bo‘lsa kerak. Makonda o‘choq izlari ham saqlanib qolgan.
Download 219.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling