Ustyurt mezoliti (mil. avv. VIII-VI ming yilliklar). Ustyurtda mezolit davriga oid 20 dan ortiq yodgorlik o‘rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlarining atrofida guruh-guruh holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, muddatli va mavsumiy makonlardan iborat. - Ustyurt mezoliti (mil. avv. VIII-VI ming yilliklar). Ustyurtda mezolit davriga oid 20 dan ortiq yodgorlik o‘rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlarining atrofida guruh-guruh holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, muddatli va mavsumiy makonlardan iborat.
- Ustyurtdagi makonlarda madaniy qatlamining uchramasligi xo‘jaligini tiklash imkoniyatini bermaydi. Hududning tabiiy sharoiti va mazkur davr xususiyatlariga asoslanib, ustyurtlik ibtidoiy aholi xo‘jaligida ovchilikning mavqei yuqori bo‘lgan, keyin o‘rinlarni termachilik va baliqchilik egallagan.
- Janubiy Tojikistonning mezolit davri madaniyatlari. Bu yerdagi Kofirnahr, Vaxsh, Panj vodiylari, hatto Pomir tog‘ining baland qismidagi hududlarda mezolit davri jamoalariga oid 30 ga yaqin yodgorliklar aniqlangan. Bu yodgorliklarning ko‘pchiligining madaniy qatlami buzilib ketgan.
- Mezolit davriga oid Tutqovul III, Chilchorchashma, Darai Sho‘r, Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar yodgorliklar yaxshi o‘rganilgan. Bu yerning mezolit davri madaniyatlari tekislik va tog‘oldi hududidan iborat ikki yo‘nalishda faoliyat yuritib, mil. avv. XI-VII ming yilliklar bilan sanalanadi. Janubiy Tojikiston hududidagi barcha yodgorliklarini tadqiqotchi arxeolog olimlar turli davr va madaniyatdan iborat to‘rta arxeologik majmuaga ajratgan.
O‘rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Hozirgi paytda O‘rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortiq yodgorlik aniqlangan. Ular madaniy qatlamli va terma moddiy ashyolariga ega bo‘lgan g‘or-makon, ochiq joy-makon va mavsumiy makondan iborat. Mezolit davri yodgorliklari maʼlum madaniyat, madaniy majmualari ajralib turadi. - O‘rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Hozirgi paytda O‘rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortiq yodgorlik aniqlangan. Ular madaniy qatlamli va terma moddiy ashyolariga ega bo‘lgan g‘or-makon, ochiq joy-makon va mavsumiy makondan iborat. Mezolit davri yodgorliklari maʼlum madaniyat, madaniy majmualari ajralib turadi.
- Mezolit davri madaniyatlari orasida Sharqiy Kaspiybo‘yi hududi yodgorliklari muhim o‘rin egallaydi. Bu yerda mil. avv. XI-VIII ming yilliklarga oid Jabel, Kaylu va Damdamchashma I, II g‘or-makonlari va 30 dan ortiq ochiq joy makonlar o‘rganilgan. Bu yodgorliklardan topib o‘rganilgan tosh buyumlari mikrolit alomatlariga ega bo‘lgan plastinkasimon shaklidagi qurollardir.
- Sharqiy Kaspiy bo‘yi hududida yashagan aholi ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan kun kechirgan. Makonlardan yovvoyi qo‘y, echki, qulon va baliq (Damdamchashma II), qoramol, jayron, mushuk (Jebel g‘or-makonining quyi qatlami) suyaklari topilgan. Damdamchashma II g‘or-makonning mil. avv. VIII-VII ming yilliklarga oid IV madaniy qatlamidan topilgan suyaklarni tadqiqotchi olimlar uy hayvonlarga (qo‘y va echki) tegishli, deb hisoblaydilar. Bu yerda yashagan aholi ovchilik, termachilik va baliqchilik kabi o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllari bilan kun kechirishgan. Bu yerda yashagan ibtidoiy ovchilar mezolit davrining oxirida hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, xonaki chorvachilikka asos soladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |