Mezolit davri yodgorliklari


Download 219.24 Kb.
bet6/6
Sana17.01.2023
Hajmi219.24 Kb.
#1096584
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 Mavzu

Mezolit davri san'ati.

  • Mezolit davri tasviriy sanʼati. Mezolit davri tasviriy sanʼat namunalari Yevrosiyoning barcha hududlari, xususan, Priney yarim oroli, Shimoliy Afrika (Saxara), Rossiya, O‘rta Osiyo, Hindiston va boshqa yerlardan topib o‘rganilgan. Tasvirlar asosan qoyalarning shifti va yon devorlariga mineral bo‘yoqlarda chizilgan. Ular so‘nggi paleolit tasvirlaridan mazmun-mohiyati jihatdan farq qiladi. Bu davrdagi tasvirlarida qurollangan ovchilarning yovvoyi hayvonlariga uyutirayotgan ov manzaralari aks etgan. Paleolit davrida qisman uchraydigan ovchilarning tasviri ancha ko‘payadi. Ular ko‘proq nayza va kamon bilan qurollangan tasvirlardan iborat bo‘lgan.
  • O‘zbekisiton, Qozog‘iston va Tojikiston hududlarida ham mezolit davriga oid kam sonli qoya tosh tasvirlari saqlangan. Zarautkamar (Surxondaryo), Siypantosh (Qashqadaryo) va Shaxta (Sharqiy Pomir) yodgorliklarida mezolit davri tasviriy sanʼatining ajoyib namunalari saqlanib qolgan.

Zarautkamar yodgorligi Surxondaryo viloyati Sherobod shahridan 30 km. shimoliy-sharqda Ko‘hitang tog‘ining janubi-sharqiy yonbag‘rida Zarautsoy bo‘yida joylashgan. Kamarda madaniy qatlam uchramaydi. Tasviriy sanʼat namunalari qoyaning shifti va yon devorlariga qizil bo‘yoqda chizilgan.

  • Zarautkamar yodgorligi Surxondaryo viloyati Sherobod shahridan 30 km. shimoliy-sharqda Ko‘hitang tog‘ining janubi-sharqiy yonbag‘rida Zarautsoy bo‘yida joylashgan. Kamarda madaniy qatlam uchramaydi. Tasviriy sanʼat namunalari qoyaning shifti va yon devorlariga qizil bo‘yoqda chizilgan.
  • Tasvirlar ov manzarasi aks ettirilgan uchta lavhadan iborat. Birinchi lavhada ovchilarning yovvoyi buqalarni xalqa bo‘lib hujum uyushtirayotgani va ulardan ikkitasining qochishga urinayotgan holati tasvirlangan. Ikkinchi lavhada ovchilardan qochishga harakat qilayotgan jayronlardan birining jarohatlangan holati aks ettirilgan. Uchinchi lavhada yovvoyi echkilarni ov qilish manzarasi chizilgan. Ovchilarning ayrimlari boshiga niqob kiyib olgan, boshqalari esa sxematik shaklida chizilgan.
  • Zarautkamar tasvirlarda mezolit davri jamoasining xo‘jalik faoliyati aks ettirilgan bo‘lib, ular orqali musavvir ibtidoiy jamoa aʼzolarining ov oldidan amalga oshirgan rasm-rusmlarini, yaʼni ov kultini aks ettirishga harakat qilgan. Tasvirlar orqali mezolit davri jamoalarining xo‘jalik faoliyatini kuzatish bilan birgalikda, ularning diniy qarashlari to‘g‘risida ham maʼlumotga ega bo‘lish mumkin.
  • Qashqadaryo vohasidagi Siypontosh tasvirlari koinot va astronomik belgilardan iborat. Kamarning shiftida qizil randagi bo‘yoqlarda chizilgan belgilarni tadqiqotchilar oy kunlarining hisobi va yulduz belgilari bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladilar.

Altamira g`ori – Buqalar tasviri


Zarautsoy darrasida aniqlangan qadimgi qoyatosh suratlari
Download 219.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling