Mezolit davri yodgorliklari


Download 219.24 Kb.
bet5/6
Sana17.01.2023
Hajmi219.24 Kb.
#1096584
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 Mavzu

  • Old Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Yaqin Sharq hududida ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakliga ega bo‘lgan Natufiy madaniyati faoliyat yuritadi. Ushbu madaniya egalari tog‘dagi g‘or-makon va tekislikdagi sunʼiy qurilgan yerto‘la uylarda yashagan. Bu madaniyatga oid Eynan manzilgohidan 50 dan ortiq oval shaklli yerto‘la uy-joylar o‘rganilgan. Bu yerda yashagan aholi o‘troq hayot kechirib, ular pasttekislikda yashovchi yovvoyi hayvonlarni ovlab, boshoqli o‘simliklar-bug‘doy, arpa donlarini terib yeyish va suv havzalari yaqinida baliqchilik bilan kun kechirgan. Tosh qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan mikroplastinka va mikrolitdan iborat bo‘lib, ular o‘roq qadamasi, kamon o‘qining uchi sifatida ishlatilgan. Suyakdan garpun, bigiz, qarmoq va munchoqlar yasalgan.

Iroqning shimolida Zagros tog‘ida mezolit davri jamoalariga oid ko‘pgina ibtidoiy makonlar o‘rganilgan. Ulardan Shanidar g‘or-makoning yuqori qatlami, Zevi-Chemi-Shanidar, Karimshaxir, Tellmelefaat va boshqa yodgorliklari mezolit davri (mil.av. X-IX ming yilliklar) o‘zlashtiruvchi xo‘jalik bilan kun kechirgan jamoa aʼzolarining muhim makonlari hisoblanadi. Makonlardan yovvoyi hayvon suyaklari va boshoqli o‘simliklarning don qoldiqlari topib o‘rganilgan. Tosh qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan geometrik (sigment, trapetsiya) shaklli mikrolitlar va silliqlangan tosh boltalardan iborat. Eronning sharqiy qismida mezolit davri o‘zlashtiruvchi xo‘jalikka asoslangan Kamarbandi, Xotu kabi makonlar o‘rganilgan. Ularning xo‘jaligi va moddiy madaniyati qo‘shnilarinikidan unchalik farq qilmaydi. Old Osiyoning ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikga asoslangan madaniyatlar negizida neolit davrida ishlab chiqarish xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik shakllari vujudga keladi.

  • Iroqning shimolida Zagros tog‘ida mezolit davri jamoalariga oid ko‘pgina ibtidoiy makonlar o‘rganilgan. Ulardan Shanidar g‘or-makoning yuqori qatlami, Zevi-Chemi-Shanidar, Karimshaxir, Tellmelefaat va boshqa yodgorliklari mezolit davri (mil.av. X-IX ming yilliklar) o‘zlashtiruvchi xo‘jalik bilan kun kechirgan jamoa aʼzolarining muhim makonlari hisoblanadi. Makonlardan yovvoyi hayvon suyaklari va boshoqli o‘simliklarning don qoldiqlari topib o‘rganilgan. Tosh qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan geometrik (sigment, trapetsiya) shaklli mikrolitlar va silliqlangan tosh boltalardan iborat. Eronning sharqiy qismida mezolit davri o‘zlashtiruvchi xo‘jalikka asoslangan Kamarbandi, Xotu kabi makonlar o‘rganilgan. Ularning xo‘jaligi va moddiy madaniyati qo‘shnilarinikidan unchalik farq qilmaydi. Old Osiyoning ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikga asoslangan madaniyatlar negizida neolit davrida ishlab chiqarish xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik shakllari vujudga keladi.

Download 219.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling