Microsoft® Office Excel® 2007ni o‘rganish Kurs mundarijasi - Qisqa ma’lumot: Qayerdan boshlanadi?
- 1-dars: Ishchi daftarni ochmoq
- 2-dars: Ma’lumotlarni kiritmoq
- 3-dars: Ma’lumotlarni tahrir qilmoq va ishchi varaqlarni o‘zgartirmoq
Har bir dars taklif etilgan vazifalar ro‘yxatini va sinov savollari to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Qisqa ma’lumot: Qayerdan boshlanadi?
Siz Excel 2007ga ma’ lumotlarni kiritishingiz kerak, lekin Excel bilan hech qachon ishlamagansiz. Qayerdan boshlaysiz?
Balki, Excel bilan ishlagandirsiz, ammo matn va raqamlarni kiritish va tahrir qilish yoki ustun va satrlarni qo‘shish va yo‘q qilish kabi asoslardan ba’zilarini qanday bajarish Sizga hali ham qiziq bo‘lishi mumkin.
Shu erda Siz Excel bilan qanday ishlashingizni tez va muammosiz o‘rganasiz.
- Yangi ishchi daftarni yaratmoq.
- Matn va raqamlarni kiritmoq.
- Matn va raqamlarni tahrir qilmoq.
- Ustunlar va satrlarni qo‘shib qo‘ymoq va yo‘q qilmoq.
1-dars Ishchi daftarni ochish
Excelni ishga tushirgandan so‘ng, ustunlar, satrlar va uyalardan iborat bo‘sh to‘rni ko‘rasiz.
Agar Siz Excel bilan yaxshi tanish bo‘lmasangiz, keyin nima qilishga hayron bo‘lishingiz mumkin.
Shunday qilib, ushbu kurs Excelga ma’lumotlarni kiritganda Sizni yo‘naltiradigan ba’zi Excel asoslari bilan oson ishlashga yordam berishidan boshlanadi.
Tasma
Excel 2007 oynasi yuqorisidagi qator Tasma deb nomlanadi.
Tasma Exceldagi har biri ma’lum bir ish turi bilan bog‘liq bo‘lgan turli ilovalardan iborat.
Har bir ilovadagi turli buyruqlarni ko‘rish uchun Tasma yuqorisidagi ilovalarni bosing.
Qo‘shib qo‘ymoq
Yo‘q qilmoq
Format
Uyalar
Tahrir qilish
Uy
Saralash va filtr
Do'stlaringiz bilan baham: |