Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
9.4. Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan
chiqarilishi hisobi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar asta-sekin eskirib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga qisman o‘tkazilib boriladi. Asosiy vositalar eskirishi ikki xil: I. Jismoniy eskirish II. Mahnaviy eskirish Jismoniy eskirish tabiiy o‘zgarishlar natijasida, mahnaviy esa texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida sodir bo‘ladi. Eskirish summasi barcha turdagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanadi va hisobga olinadi. Kutubxona fondlari, muzey buyumlari, sahna buyumlari, mahsuldor va ish hayvonlar bundan mustasno. Eskirish asosiy vositalarni to‘la tiklash uchun ajratiladigan amortizatsiya normalariga ko‘ra aniqlanadi va hisobda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning amortizatsiyalangan qismini, yahni eskirish natijasida ularning qiymatini kamaytiradigan summani hisobga olish uchun 0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» mo‘ljallangan. Bu schyotlar passiv bo‘lib, tartibga soluvchi (regulirovka qiluvchi) kontraktiv schyotlar qatoriga kiradi va asosiy vositalarni baholashni tartibga solib turish uchun mo‘ljallangan. 0200 schyot har oyda asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda hamda ishlatishda bo‘lgan boshqa tashkilotlardan olingan asosiy vositalarning eskirish summasiga kreditlanadi. Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash uchun ularning 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»dagi qiymatidan 0200 schyotlarning kreditidagi qoldiq chegirib tashlanadi. Asosiy vositalar eskirishining sintetik hisobi 13-ASK jurnal-orderda, analitik hisobi esa ushbu jurnal-orderning «0200 schyotga analitik mahlumotlar» degan jadvalida yuritiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash ularning yil boshiga bo‘lgan qoldiqlari va yil davomidagi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yil davomida sotib olingan yoki qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish summalari, olingan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab hisoblansa, hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha esa eskirish hisoblash keyingi oyning 1 sanasidan to‘xtatiladi. Tugallanmagan yoki qabul-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan, lekin ayni paytda foydalanilayotgan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish, foydalanib boshlangandan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab, umumiy tartibda hisoblanadi va ularning eskirish summasi hisobda ko‘rsatilmaydi. Tugallanmagan yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan qabul qilinmagan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish hisoblashda, ushbu obhektlar yoki ularning bir qismi qiymati to‘g‘risidagi mahlumotnoma asos bo‘ladi. Mahlumotnomada ko‘rsatiladigan summa 0810-“Tugallanmagan qurilish” schyoti bo‘yicha aniqlanadi. Mazkur obhektlarni to‘liq foydalanishga qabul qilish va asosiy vositalar qatoriga qo‘shish to‘g‘risida dalolatnomani rasmiylashtirishdan oldin hisoblangan eskirish summalari aniqlanadi va ayni paytda shu obhektlarning foydalanib boshlangandan buyon eskirish summasi aniqlanib, hisobda aks ettiriladi. Asosiy vositalarni tuzatish hamda ular bekor turib qolgan vaqtda eskirish hisoblash to‘xtatilmaydi. Qiymati to‘liq amortizatsiya qilingan vositalar bo‘yicha eskirish hisoblanmaydi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va hisoblangan summani tegishli schyotlarga o‘tkazish har oyda amalga oshiriladi. Xo‘jalikda, yil boshiga mavjud bo‘lshgan asosiy vositalarning yillik eskirish summasi asosiy vositalarning yil boshiga bo‘lgan ¦olati bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ¦isob-kitobi (59-shakl)ni tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu hisob-kitobda oylik eskirish summasi ham (yillik summani 12 ga bo‘lib) aniqlanadi. Aniqlangan summa yanvar oyi uchun eskirish summasi bo‘lib hisoblanadi. Fevral va keyingi oylar uchun eskirish summalarini aniqlashning, butun hisob-kitob qilib chiqishning hojati yo‘q. Asosiy vositalar tarkibida o‘tgan davrda (oyda) hisobga olish (taksirovka qilish) kifoya. Shu maqsadda kelib tushgan, chi¢ib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini ¦isob- kitobi (60-shakl) tuziladi. Avtomobil transporti uchun amortizatsiya ajratmalari avtomobil transporti bo‘yicha amortizatsiya ¦isob-kitobi (AV-16 namunaviy shakl) asosida hisoblanadi. Hisobot oyidagi amortizatsiya summasini, uni hisoblash va buxgalteriya hisobining tegishli schyotlariga taqsimlash uchun, yuqorida ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblar asosida buxgalteriyada bir oy uchun amortizatsiya ajratmalari hisoblash vedomosti (62-shakl) tuziladi. Bu vedomostda eskirish summalari o‘simliklar va tugallanmagan ishlab chiqarish turlari o‘rtasida, shartli etalon gektarlarda va boshqa o‘lchovlarda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. №5-“Asosiy vositalar” nomli BHMSning 23-24-moddalariga muvofiq quyidagi amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi: bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usuli; bajariladigan ishlar hajmiga mutanosib (ishlab chiqarish) usuli; kamayib boruvchi qoldiq usuli; asosiy vositaning qiymatini uning xizmat muddatini tashkil etuvchi yillar yig‘indisi bo‘yicha hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli. Yuqorida ko‘rsatilgan amortizatsiya hisoblash usullarini misollarda ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, avtomobilning dastlabki qiymati 1000000 so‘m, xizmat muddati 5 yil. 5 yillik xizmat muddati oxirida qoldiq qiymati 100 000 so‘m. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling