Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Ijara, lizing va prokat sharoitida asosi vositalar hisobi
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
9.5. Ijara, lizing va prokat sharoitida asosi vositalar hisobi.
bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing munosabatlari juda keng ko‘lamda rivojlanadi. Lizing munosabatlarining mohiyatini bilish ularga doir muomalalarni hisobda to‘g‘ri aks ettirishni tahminlaydi. Xalqaro amaliyotda ijara munosabatining 3 turi mavjud: 1) uzoq muddatli ijara (lizing) – uch yildan oshiq muddatga; 2) o‘rta muddatli (xayring) – bir ildan uch yilgacha muddatga; 3) qisqa muddatli ijara(renting yoki cherter) bir yilgacha bo‘lgan muddatgi. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra asosiy vositalar ijarasi 2 xil shakldan iborat: I. Moliyaviy lizing. II. Joriy yoki operativ lizing. Uzoq muddatli moliyaviy lizing o‘z mohiyatiga ko‘ra lizing beruvchi lizing oluvchiga uzoq muddatli kredit berish shaklidir. Moliyalanadigan lizing – bu asosi yvositaga bo‘lgan mulkiy huquq bilan bog‘liq barcha xavf-xatar va mukofotlar ijarachiga o‘tadigan ijara bo‘lib, u asosiy vositani ishchi holatida saqlaydi. Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari(BHMS)ga ko‘ra quyidagi shartlardan istalgan biorotasiga mos kelsa, asosiy vositalar ijarasi moliyalanadigan lizing bo‘lib hisoblanadi: 1. Ijara muddati tugaganidan so‘ng asosiy vositaga egalik huquqi ijarachiga o‘tadi. 2. Ijara asosi yvositalarni bozor bahosidan past bahoda sotib olish imkonini tahminlaganda. 3. Ijara muddati aaosi y vosita foydali xizmat muddatining salmoqli qismini tashkil etganda (75% yoki undan ko‘p). 4. Ijaraga boshlanishida joriy (diskontlangan) minimal ijara to‘lovlari summasi ijaraga beriladigan asosiy vosita bozor qiymatidan yuqori yoki teng. №6 «lizingni hisobga olish» nomli BHMSga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan tashqari yana uchta mezon kiritilgan: 5. Ijara muddati 12 oydan oshiq bo‘lishi lozim. 6. Ijaraga beriladigan obhektning qoldiq qiymati ijara tugagandan so‘ng ularning ijara boshidagi qiymatining 20 % dan oshmasligi kerak. 7. Butun lizing davri uchun to‘lovlarning joriy qiymati ijara obhekti qiymatining 90% dan oshadi. Lizingning bu shaklida olingan asosiy vositalar lizing oluvchining o‘z balansida aks ettirilib, shartnoma muddati davomida haq to‘lash bilan birga ularga eskirish ham hisoblanadi. 2. Moliyaviy lizing munosabatlari va ijara majburiyatlarini hisobga olish. Har bir korxona bir vaqtning o‘zida boshqa korxonalar va shaxslar mulklarini ijaraga olish (ijarachi) a ayni paytda o‘z mulklarani boshqa korxona va shaxslarga ijaraga berishi mumkin. Shu sababli mulklarni ijaraga olish va berish bo‘yicha muomalalar ko‘plab sodir bo‘ladi. Bu muomalalarni to‘g‘ri hisobga olish vav bir-biridan ajratib aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida 0310-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar», 0920-«Moliyaviy lizing bo‘yicha olinadigan to‘lovlar», 6810-«To‘lanadigan moliyaviy lizing – joriy qismi», 7630- «To‘lanadigan moliyaviy lizing – uzoq muddatli qismi» hamda 0299-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar eskirish» schyotlari mo‘ljallangan. 0310 schyot aktiv, inventar schyot bo‘lib, unda analitik hisob moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning turlari bo‘yicha dastlabki qiymatida aks ettiriladi. 0310 schyot lizing oluvchi korxonada qo‘llaniladi. Unda korxona tomonidan moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar va ularning harakati aks ettiriladi. Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga shartnomaga muvofiq lizing muddati tugaganidan so‘ng yoki tugamasdan (lizing oluvchi tomonidan shartnomada belgilangan sotib olish bahosini to‘lash orqali) lizingg oluvchining mulki tarkibiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan obhektlar kiradi. Lizing munosabatlari №6 «Lizingni hisobga olish» BHMSga muvofiq hisobga olinadi. Va boshqa daromadlar summasi – 80»Foyda va zararlar» schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Agar foizlar ijara sharoitiga ko‘ra korxona ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan to‘lansa, ular 81-«Foydadan foydalanish» yoki ___-«Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar» schyotining debetida olib boriladi. Yuqorida tahkidlab o‘tganimizdek, ijarachi uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblaydi. Hisoblangan amortizatsiya ajratmalari 02-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotining 2»Uzoq muddatldi ijaraga olingan asosiy vositalar»subschyotining krediti va tegishli ishlab chiqarish va muomala xarajatlari schyotining debetida aks ettiriladi. Agar ijarachi ijara muddati tugagandan so‘ng asosiy vositani ijaraga beruvchiga qaytib berishi shart bo‘lsa, bunda u ijaraga olingan asosiy vosita qiymatini ijara muddati davomida to‘liq qoplashga intiladi. Bunday hollarda jadallashtirilgan amortizatsiya metodini qo‘llash mumkin. № Muomala mazmuni D-t K-t 1 Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni korxongaga kirim qilish 0310 6810 va 7630 2 Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vosita ijarachining o‘z mulki tarkibiga o‘tkazilganda 0110- 0190 0310 Bir vaqtda eskirish summasiga 02900 0211- 0290 3 Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar lizing beruvchiga shartnoma muddati tugamasdan qaytarilganda Hisoblangan eskrish summasiga 0299 0310 - obhektdan foydalanilganlik uchun lizing beruvchilga to‘lanmagan summaning joriy qismiga 6810 0310 - uzoq muddatli qismiga 7610 0310 Ijarachi uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositani ijara muddati tugamasidan sotib olishi ham mumkin. Bunda to‘langan summa 51-«Hisoblashuv schyoti» yoki 52-«Valyuta schyoti» schyotlarining krediti va 97-«Ijara majburiyatlari» schyotining debetida aks ettiriladi. Shu bilan 97 schyot yopiladi, ijara majburiyatlaridan oshgan summa esa 03 schyotga o‘tkaziladi. Uzoq muddatli ijaradagi asosiy vositalar sotib olinganidan so‘ng 01 schyoti debeti va 03 schyoti krediti bo‘yicha xo‘jalikning o‘z asosiy vositalari qatoriga o‘tkaziladi. Shu bilan birga bular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi 02 schyotining 2 «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar eskirishi» subschyotining I «O‘z asosiy vositalarining eskirishi» subschyotiga o‘tkaziladi. Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni bepul qaytib berish hollarida ijarachida 03 schyot kredit va 02 schyot 2-subschyoti debetlanadi. Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar qiymatining to‘liq amortizatsiya qilinmagan qismi joriy yilning zarariga olib boriladi. Bunda 80 schyot debet va 02 schyot 2-subschyot kredit bo‘ladi. Uzoq muddatldi ijaraga olingan sosiy vositalarni hisobdan chiqarish ham 47-«Asosiy vositalr realizatsiyasi va chiqarilishi» schyoti orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagi bayon qilinganlarni quyidagi misollar bilan ko‘rib chiqamiz: Ijara shartnomasiga ko‘ra balans qiymati 120000 so‘mlik avtomashina 5 yil muddatga ijaraga olingan. Bir yillik ijara to‘lovi 30000 so‘m, 5 yilga jami ijara haqi 150000 so‘mni tashkil etadi. Birinchi to‘lov shartnoma tuzilgan paytda o‘tkaziladi. Beshta to‘lov summasini avtomashinaning dastlabki qiymatiga tenglashtiruvchi stavka – 12,5% ekanligini nazarda tutib, har yili to‘lanmagan summadan 12,5% ijaraga beruvchi foydasiga o‘tkaziladi. Avtomashina ijara muddati tugaganidan so‘ng 8400 so‘mga sotib olinadi. a) Ijarachining buxgalteriyasida: 1. Korxona qiymati 120000 so‘mlik avtomashina ijaraga olinadi. Debet 03»Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalari» schyoti 120000 Kredit 97»Ijara majburiyatlari schyoti 120000 2. Birinchi ijara to‘lovi to‘landi Debet 97 «Ijara majburiyatlari» schyoti 30000 Kredit 76-«Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar» schyoti 30000 3. To‘lolvra bo‘yicha foiz ijaraga beruvchi foydasiga o‘tkazilgndi. 90000 so‘mdan 12,5% miqdorida yahni 1125 so‘m Debet 80»Foyda va zararlar» schyoti 11250 Kredit 76 «Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar» schyoti 11250 4. Dastlabki qiymati summasidan 20% miqdorda eskirish hisoblandi (120000 x20:100:12) 2000 Debet 20-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti 2000 Kredit 02 schyot “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” subschyoti 2000 Ijaraning keyingi yillarida ham ijaraga beruvchi foydasiga ijara to‘lovi, foizlar va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlarni hisoblashda shunga o‘xshash provodkalar tuziladi. 5. Shartnomaga muvofiq ijara muddati tugagandan so‘ng avtomashinani ijarachi 8400 so‘mga sotib olishi kerak. Debet 03 “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti 8400 Kredit 51 – “Hisoblashuv” schyoti 8400 6. Ijaraga beruvchi bilan to‘liq hisoblashilganidan so‘ng avtomashina ijarachining o‘z mablag‘lari qatoriga o‘tkazilida. To‘liq qiymatiga Debet 01 “Asosiy vositalar” 128400 Kredit 03 “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti 128400 Bir vaqtning o‘zidja hisoblangan eskirish summasiga Debet 02 schyoti 2 “Uzoq muddatli ijarga olingan asosiy vositlar eskirishi” subschyoti 120000 Kredit 02 schyot 1 “O‘z asosiy vositalarining eskirishi” subschyoti 120000 b) Yuqorida muomalalar ijaraga beruvchi buxgalteriyasida quyidagicha aks ettiriladi. I. Balans qiymati 120000 so‘mlik avtomashina 150000 so‘mlik ijara to‘lovi olish maqsadida ijaraga beriladi. Debet 09 “Kelib tushadigan ijara majburiyatlari” schyoti 150000 Kredit 01 “Asosiy vositalar” schyoti 130000 Kredit 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyoti 20000 2. Birinchi ijara to‘lovi to‘langanda Debet 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti 30000 Kredit 09 “Kelib tushadigan ijara majburiyatlari” schyoti 30000 3. Shu hisoblangan summa ijaraga beruvchining hisoblashuv schyotiga kelib tushadi Debet 51 “Hisoblashuv” schyoti 30000 Kredit 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti 30000 4. Birinchi yil o‘tgandan so‘ng tugallanmagan summa hisobidan foiz hisoblandi (120000-30000)x12,5:100q11250 Debet 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyoti 11250 Kredit 80 “Foyda va zararlar” schyoti 11250 5. Ikkinchi yil boshida 30000 so‘mlik ijara to‘lovi va yil oxirida qoplanmagan summadan foiz hisoblandi 90000-(30000-11250_x12,5:100q8906 a) Debet 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti 30000 Kredit 09 “Kelib tushgan ijara majburiyatlari schyoti 30000 b) Ijara uchun foiz hisoblanganda Debet 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyoti 8906 Kredit 80 “Foyda va zararlar” schyoti 8906 Qolgan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi yillarda ham shunga o‘xshash provodkalar tuziladi. 6. Beshinchi yil oxirida, yahni ijara muddati tugagandan so‘ng avtomashina ijaraga 8400 so‘mga sotiladi. Debet 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti 8400 Kredit 47 “Asosiy vositalar realizatsiyasi va chiqarilishi” schyoti 8400 Ushbu summa ijaraga beruvchining hisoblshauv schyotiga kelib tushganda Debet 51 “Hisoblashuv schyoti” 8400 Kredit 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti 8400 Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar analitik hisobini ham o‘z asosiy vositalari kabi inventar kartochkalarda yuritish maqsadga muvofiqdir. Bunda inventar kartochkalar ijara shartnomalari va asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish aktiga asosin to‘lg‘aziladi. Sintetik hisob esa 13 ASK jurnal-orderda 03 schyot uchun alohida bo‘lim ajratib yuritiladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling