Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
9.6. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini
rasmiylashtirish. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi korxonaning asosiy vositalarini xaqiqiy mavjudligini va sifat xolatini aniqlash, texnik xujjatlarini (pasporti, tavsifi, loyixasi va sh. k.) tekshirish, buxgalteriya mahlumotlarini aniqlashdan iborat. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi 5 va 19 BHMS bo‘yicha amalga oshiriladi. 5-BHMS belgilashi bo‘yicha asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini va ularning butligini nazorat qilish maqsadida ular sub’ektlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin kamida ikki yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya korxona rahbarining bo‘yrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalardan to‘g‘ri foydalanish va saqlanishini tekshirish ham komissiyaning vazifasiga kiradi. U korxonaga kerakli bo‘lgan obhektlarni, ular bo‘yicha alohida vedomost tuzish kerak. Inventarizatsiya o‘tkazish natijasi bo‘yicha inventarizatsiya – 1 shaklida inventarizatsiya ruyxati tuziladi. Bu shaklni quyida keltiramiz: Inv – 1shakl 1 – sonli asosiy vositalar inventarizatsiya ruyxati. Asosiy vositalar – binolar, stanoklar va asbob uskunalar. Joylashagan joy – 01 – tsex. Tilxat Inventarizatsiyaning boshlanish vaqtiga qiymatliklar bo‘yicha barcha kirim va chiqim xujjatlari buxgalteriyaga topshiriladi va mening (bizning) mashuliyatimga qabul qilingan barcha qiymatliklar kirimga solingan chiqib ketgani – xarajatga utkazilgan. Moddiy javobgar shaxs: Xakimov Sex boshlig‘i Bokiev, tsex boshlig‘i Rasulov, tsex boshlig‘i Gubanov. lavozimi familiyasi 102-sonli buyruqqa asosan 20 oktyabr 21 oktyabr «_______»______ 200___yil 200_____yil 200______yil 01-schyotida quyidagi sana xolatiga bo‘lgan xaqiqiy qoldig‘i ko‘chirib yozildi. 200____yil 1 noyabrga 200____yil 1 noyabrga _________«___»________ 1-inv. shaklining 2 va 3-betlari Inven-tar nomeri 1025 Nomi va qisqacha tahrifi Sex binosi Tokar stanogi T-19 va h.k Jami Chiqa- rilgan yili 1980 1984 200___y. 1 noyabrga xisobdagisi Haqiqiy borligi buxgalteriya xisobi mahlumoti bo‘yicha Soni Dona qiymati so‘m soni dona qiymati so‘m 3 200000 3 200000 1 18000 1 18000 70 500000 70 500000 Inv.-1 shaklining 4-beti 200__yil 1-noyabrga hisobdagisi Hisob- dan chiqa- rilgan- ligi to‘g‘ri- sida belgi 200___yil 1-noyabrga hisobdagisi Hisob- dan chiqa- rilgan- ligi to‘g‘ri- sida belgi Haqiqiy borligi Buxgaletriya xisobi bo‘yicha haqiqiy borligi buxgaletriya xisobi bo‘yicha Soni, Dona qiy- mati, so‘m soni, dona qiy- mati, so‘m soni, dona qiy- mati, so‘m soni, dona qiy- mati, so‘m 1 200000 1 200000 2 1200 2 1200 Ro‘yxat bo‘yicha jami: a)tartib nomeri etmish ______________ so‘z bilan b)summasi, so‘m besh yuz ming . so‘z bilan Komissiya raisi: zavod direktorining yordamchisi Soy Lavozimi, F.I.O. imzo Komissiya ahzolari: bosh buxgaletr yordamchisi Shashmatova T.V. tsexning katta injeneri Tumanskaya Z.D. Mazkur inventrizatsiya ro‘yxati 1 dan to 70 gacha nomlangan qiymatlar mening oldimda (bizning oldimizda) komissiya tomonidan natura shaklida tekshirildi va ro‘yxatga olindi, shu munosabat bilan inventraizatsiya komissiyasiga dahvoim (dahvoimiz) yo‘q. Ro‘yxatda keltirilgan qiymatliklar mening (bizning) mahsuliyatimida (mahsuliyatimizda) turibdi. Moddiy javobgar shaxs (shaxslar) Xakimov. 200____yil 30 oktyabr Mazkur ro‘yxatdagi mahlumotlar va xisoblashlar 200__ yil 3 noyabrda tekshirildi. Material bo‘limning buxgalteri____________________ imzo Bu shaklning 4-beti uch marta takrorlanadi, chunki mazkur ro‘yxatdan uch marta takrorlanadi. chunki mazkur ro‘yxatdan uch marta inventarizatsiya o‘tkazishda foydalanish mumkin. Inventarizatsiya boshlandi 200_____________________yil 28 Inventarizatsiya tugutildi 200_____________________yil 30 Mazkur asosiy vositalarning inventarizatsiya ro‘yxati asosiy vositalarning saqlanishi uchun mahsuliyatli lavozimli shaxslar va xar bir qiymatliklarning joylashgan joylari bo‘yicha komissiya tomonidan bir nusxadan tuziladi. Ro‘yxat komissiya va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanib, buxgalteriyaga beriladi. Asosiy vositalarni har yili inventarizatsiya qilishda buxgalteriyaning ish xajmini kamaytirish maqsadida inventarizatsiya ro‘yxati inventarizatsiya mahlumotlarini uch sanaga aks ettirish uchun taynlangan. Buxgaletriya xisobi bilan inventarizatsiya natijalari mahlumotlari orasidagi farq buxgaletriyada inv.–18 shaklidagi taqqoslash vedmostini tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. 200______yil_____________holatida asosan vositalarni inventarizatsiya natijalarini taqqoslash vedvosti. 200______yil «___»____dagi buyruqqa asosan__________________ lavozimi, familiyasi mahsuliyatli saqlashda turgan aosiy vositalarning haqiqiy borligi inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya boshlandi 200____yil «___»____________ Inventarizatsiya tugatildi 200____yil «___»____________ Inventarizatsiya aniqlandi Tartib nomeri Nomi va qisqacha tahrifi Chiqarilgan (tayyorlangan yili) Inventarizatsiya natijalari ortiqcha kam soni, dona qiymati soni, dona qiymati Buxgalter Taqqoslash natijalari bilan tanishtirildi Moddiy javobgar shaxsning imzosi Buxgalter xisobida yo‘q bo‘lgan obhektlar ro‘yxatga yoziladi va hozirgi (joriy) qiymatda baholanadi. Bunda eskirish obhektining haqiqiy holatiga qarab aniqlanadi. Yetishmagan mahlumotlar komissiya tomonidan inventarizatsiya ro‘yxatiga yozib qo‘yiladi. Inventarizatsiya mahlumotlari taqqoslash yo‘li bilan hisob (inventar kartochkalar) mahlumotlari bilan solishtiriladi. Hisobda aks ettirilgan asosiy vositalar qiymatini ko‘paytiruvchi yoki asosiy vositalar dastlabki qiymatini kamaytiruvchi kapital ishlar aniqlansa, komissiya dalolatnoma tuzadi va obhektning dastlabki qiymatini ko‘paytiruvchi yoki kamaytiruvchi mummani aniqlaydi. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishda №19 BHMSning umumiy qoidalari, xususan 24-29 bandlariga rioya qilinadi. Inventarizatsiyada aniqlangan asosiy vositalar kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: a) Kam chiqqan asosiy vositalar obhektining boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda Debet 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti Kredit 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199) b) Kam chiqqan asosiy vositalar obhekti bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi hisobdan chiqarilganda. Debet 0200-«Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» (0211-0299). Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti v) Kam chiqqan asosiy vositalar obhektining qoldiq qiymatiga Debet 5910-«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schyoti Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti Agar baholash natijasida obhektning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan obhekt qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, olingan daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4730 –«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti – aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymatiga; Kredit 5910 – «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schyoti – kam chiššan asosiy vositalar obhektining šoldiš šiymatiga; Kredit 9390 – «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti-aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq summaga (olingan daromad). Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Agar baholash natijasida obhektning bozor šiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan obhektning qoldiq qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti – aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymatiga. Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti – aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq summaga (ko‘rilgan zarar summasiga) Kredit 5910 - «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schyoti – kam chiqqan asosiy vosita obhektining qoldiq qiymatiga. Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. b) ko‘rilgan zarar summasini xœjalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xœjalik faoliyati natijalariga olib borish; Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» schyoti. Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga Debet 9210 – «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» Kredit 0100 – «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199) b) μisoblangan eskirish summasiga Debet 0200 – «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» (0211-0299) Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti. v) Ko‘rilgan zarar summasini hisobdan chišarish. Debet 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 9210 – «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti. g) kœrilgan zarar summasini xœjalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xœjalik faoliyati natijalariga olib borish: Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijalarni μisobga oluvchi schyotlar» schyoti. Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar obhektlari shularga o‘xshash obhektlarning oshiqcha chiqish aniqlangan sanadagi bozor qiymati bo‘yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (oshiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) hisobga olinmay qolgan asosiy vositalarni bozor bahosi bo‘yicha kirim qilish. Debet 0100 – Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199) Kredit 9390 – «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ular asosiy vositalar tarkibiga qo‘shilgan paytdan boshlab hisob siyosatida belgilangan tartibda hisoblanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling