Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

10.2. Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash. 
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
♦ Nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo‘lib, ularni hisobga 
olishni tashkil qilish; 
♦ Nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga hamda 
me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash; 
♦ Korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi 
andozalariga va me’yoriy hujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash;
♦ 
Mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan samarali 
foydalanishni tashkil qilish; 
♦ Eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan 
chiqarishni ta’minlash; 
♦ Hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
aniqlash. 


Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni soddalashtirish maqsadida 
ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning 
quyidagi turlari mavjud: 
♦ 
Patentlar — korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun 
foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan guvohnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan 
belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida sotib olinadi; 
♦ 
Nou-xau — ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi 
texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlangan qiymat bo‘yicha korxona ustav 
kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik, tijorat, boshqaruv, moliya kabi 
xarakterdagi texnik bilim va amaliy xarakterdagi boshqa bilimlarni o‘z ichiga oladi; 
♦ 
Tovar belgilari, savdo markalari va atamalari — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan 
hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muhofaza 
qilingan korxonalar nomi va bu korxonalar mahsulotlarining nomlari;
♦ 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling