Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Q a r o r Qaror qabul qiluvchi shaxs Ma’
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Q a r o r
Qaror qabul qiluvchi shaxs Ma’lumotlarni bir tizimga keltirish Ma’lumotlarni yig‘ish Ma’lumotlarni ro‘yxatga olish Boshqaruv obektlari: aktivlar, passivlar va moliya-xo‘jalik faoliyati xilma-xilligi foydalanuvchilarning tarkibi bilan ham bog‘liq (1.6-rasm). Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari umumiy konsepsiyasiga muvofiq hisob axborotlaridan foydalanuvchilar: xizmatchilar, mol yetkazib beruvchilar, kreditorlar, investorlar, xaridorlar, hukumat, jamoatchilik hisoblanadi. 1.6-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning turkumlanishi Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki foydalanuvchilar va tashqi foydalanuvchilarga bo‘linadi. Birinchi guruh ichki foydalanuvchilarni tashkil etadi. Keng ma'noda ularga korxona ma'muriyati, uning menejyerlari va nihoyat korxona xodimlari kiradi. Korxona ma'muriyati boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va boshqaruv funksiyasining o‘zining samaradorligini baholashda hisob axborotlaridan foydalanadi. Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lgan tashqi foydalanuvchilar – bu qarz beruvchilar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, bo‘lg‘usi aksiyadorlar, ularning konsultantlari. Tashqi foydalanuvchilarni eng avvalo quyilgan kapitalning qoplanishi qiziqtiradi: qarzlar qaytarilishi, foizlarni ham qo‘shgan holda; tovarlar shartnoma bahosining to‘lanishi; dividendlarning olinishi; ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga quyishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va h.k. Mol yetkazib beruvchilar va boshqa tijorat kontragentlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar uchun pul mablag‘larining o‘z vaqtida olinishi to‘g‘risida shak-shubhasiz xulosaga kelishga imkon beradigan hisob axborotlarini olishdan manfaatdordirlar. Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan tashqi foydalanuvchilar – bu birinchi navbatda soliq organlari. Ularning asosiy vazifasi soliqlar va boshqa to‘lovlar (bojxona to‘lovlari, jarimalar va boshqalar) ni yig‘ishdan iborat. Moliya bozorining ishtirokchilari – investorlarni emitent qimmatli qog‘ozining daromadliligi (kotirovkasi), asosan aksiya sotib olish bilan bog‘liq risk (tavakkalchilik) darajasi qiziqtiradi. Aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotilish va sotib olinish bahosi o‘rtasidagi farqqa, vositachilik xizmatlari ko‘rsatishda uning ishtirokchilari o‘z moliyaviy natijalarini shakllantiradi. Emitentning qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan talab va taklif uning moliyaviy barqarorligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Moliya bozorining professional ishtirokchilari, moliyaviy barqarorlik darajasini, mulkdorlarning fond birjasida ro‘yxatga olingan va e’lon qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida aniqlashlari mumkin. Davlat organlari – bu mamlakat iqtisodiyotini boshqaruv organlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika komiteti va b.) bo‘lib, ular hisob va moliyaviy axborotlarni milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishlarning rivojlanishini bashorat qilish, nisbatlarni va o‘sish sur'atini aniqlash, yalpi daromadni hisob-kitob qilish va boshqa shunga o‘xshash statistik ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishga zarur bo‘lgan me’yorda o‘rganish bilan shug‘ullanadilar. Moliyaviy manfaati bo‘lmagan buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar guruhiga auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari, yollangan shaxslar, davlat muassasalari va shu kabilarni Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling