321
Lizing kompaniyasi - asosiy vositalar, texnika vositalari, bino va inshootlarni o‘rta hamda uzoq
muddatga ijaraga berish kompaniyasi
Moliyaviy ijara - mulkni (moliyaviy ijara ob'ektini) shartnomaga binoan o‘n
ikki oydan ortiq
muddatga egalik qilish va foydalanish huquqini berishda yuzaga keladigan ijaraviy munosabatlar
Moliyaviy investitsiyalar - xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz,
royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya qilingan
sarmoya qiymatining
ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik yurituvchi sub'ektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z
mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi.
Moliyaviy lizing - ijaraga oluvchi shaxsning asbob-uskunalarni ishlatishdan ko‘rilgan foyda
ulushini hamda amortiza-siyaning to‘la qiymatiga teng summani lizing kompaniyasiga shartnomaning
amal qilish davri mobaynida to‘lashini ko‘zda tutuvchi ijara shartnomasi. Bunda ijaraga oluvchi shaxs
shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin asbob-uskuna-larni qoldiq qiymati bo‘yicha
sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi
Multiplikator - mikdori investitsiya talabining va investitsiyalarning o‘sishi mahsulot chiqarish
hajmining va mahsu-lotga bo‘lgan iste'mol talabining o‘zgarishini
yuzaga keltiruvchi darajani
tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkich
Operativ ijara - moliyaviy ijara shartnomasi hisoblanmaydigan mulkiy ijara shartnomasiga
binoan mulkni vaqtinchalik egalik qilishga va foydalanishga yoki foydalanishga berish.
Do'stlaringiz bilan baham: