Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
3.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik
konsepsiyalari Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z ichiga oladi: - ortiqcha zaxiralardan voz kechish; - asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz kechish; - iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish; - uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish; - sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish; - xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish; - yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish. Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi quyidagilardan iborat: -mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish; -«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish. Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay bo‘lsa, logistik konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir. Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bozor konyukturasini hisobga olib ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tannarxi shuncha kam bo‘ladi. Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi. Bozorga iste'molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bozor talabini muntazam emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar yaratish va saqlash maqsadga muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi bitta buyurtmani ham qo‘yib yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob qaytara oladigan, egiluvchan ishlab chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling