Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish jarayonlarida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
agrologistika

9.2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish jarayonlarida 
transport vositalarining turlarini va sonini tanlash 
Transport vositalarining turlari va sonini aniqlash vazifasi logistikaning 
boshqa masalalari bilan aloqadorlikda yechiladi. Muayyan bir tashish uchun optimal 
bo‘lgan transport turini tanlash asos bo‘lib bo‘lib, transportning xar xil turlarining 
xususiyatlari to‘grisidagi axborot xizmat qiladi. Logistika nuqtai nazaridan 
transportning asosiy turlarini ustunlarini va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.
Avtomobil transporti. Kisqa masofalarga (200-300km) tashishlarni amalag 
oshirish uchun avtomobil transporti ishlatiladi. Asosiy usutunliklardan biri – yuqori 
harakatchanligidir. 
Avtomobil transporti yordamida yuk «eshikdan eshikgacha»
zaruriy tashishning tezkorlik bilan yetkazishi mumkin. Transportning bu turi 
yetkazishlar muntazamligini hamda kichik hajmlardan yetkazishlar imkoniyatini 
ta'minlaydi. Bu yerda, boshqa turlarga nisbatan mahsulot qadoqiga u daraja qattiq 
talablar qo‘yilmaydi. 
Avtomobil transportining asosiy kamchiligi bu tashishlar tannarxining 
nisbatan yuqoriligi. Odatda tashish uchun to‘lov avtomobilning maksimal yuk kutara 
olishi buyicha olinadi. Bu turning boshqa kamchiliklariga quydagilarni kiritish 
mumkin: yukni tushirishni shoshilinchligi, yukni va avtotransportni o‘g‘irlash 
mumkinligi, nisbatan kam yuk ko‘tara olishi. Avtomobil transporti ekologiya jihatdan 
ham noqulay, bu esa uni ishlatish imkoniyatini kamaytiradi. 
Temir yul transporti. Transportning bu turi yuklarning turli hajmlarini 
(partiyalarini) barcha ob-havo sharoitlarida tashish uchun qulaydir. Temir yul 
transporti yukni nisbatan tez vaqtda masofalarga yetkazish imkoniyatini 
ta'minlayli.Tashishlar muntazam amalga oshiriladi. Bu yerda ortish-tushirish 
ishlarining samarali bajarilishini tashkil etish mumkin. 


Temir yo‘l transportining muhim ustunligi, bu yuklarni tashishning nisbatan 
past narxi va chegirmalar mavjudligidir. 
Temir 
yo‘l 
transportining 
kamchiliklariga 
tashuvchilar 
sonining 
cheklanganligini va iste'mol joylariga yetkazish imkoniyati pastligidir, ya'ni temir yul 
o‘tkazilmaganda avtomobil transportidan foydalanishga tug‘ri keladi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling