Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Xarid logistikasining vazifalari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
Xarid logistikasining vazifalari
Qishloq xo‘jalik korxonalarini mehnat buyumlari bilan ta'minlash jarayonidagi asosiy savollar an'anaviy va ta'minot logikasi bilan belgilanadi: nima xarid qilish; qancha xarid qilish; kimdan xarid qilish; qaysi shartlarda xarid qilish. Bu an'anaviy ro‘yxatni logistika o‘z savollari bilan to‘ldiradi: qanday qilib xaridlarni ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli bog‘lash; qanday qilib korxona faoliyatini yetkazib beruvchilar bilan tizimli bog‘lash; Aynan ushbu savollar xarid logistikasining amaliy sohasidagi vazifalarini va qilinadigan ishlarini belgilaydi. Xarid logistikasiga doir vazifalar va ishlarni ko‘rib chiqamiz. 1. Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash jarayonida qishloq xo‘jaligi korxonasi ichidagi, moddiy resurslar iste'molchilarini aniqlash zarur. Keyinchalik moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj hisoblanadi. Bunda mahsulot yetkazishning og‘irligi, o‘lchami, va boshqa parametrlariga, hamda servisiga talablar o‘rganiladi. Bundan keyin nomenklatura va (yoki) nomenklatura guruhlarining har bir pozitsiyasiga reja-grafiklar va maxsus ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. Iste'mol qilinadigan moddiy resurslar uchun «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» muammosi ko‘rib chiqilishi mumkin. 2. Xarid bozorini tekshirish. Xarid bozorini tekshirish, yetkazib beruvchilar bozorining hatti-harakatlari tahlilidan boshlanadi. Bunda, bevosita bozorlar, o‘rnini bosadigan bozorlar va yangi bozorlar bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlash lozim. Keyinchalik, sotib olinayotgan moddiy resurslarning barcha mumkin bo‘lgan manbalarini boshlang‘ich baholash, hamda muayyan bozorga chiqish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni tahlil qilish lozim. 3. yetkazib beruvchilarni tanlash. yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plashni, ularning ma'lumotlari bankini yaratishni, optimal yetkazib beruvchini izlashni, tanlangan yetkazib beruvchi bilan olib borilgan ish natijalarini baholashni o‘z ichiga oladi. 4. Xaridlarni amalga oshirish. Ushbu funksiyani ro‘yobga chiqishi muzokaralar olib borishdan boshlanadi va shartnoma imzolanishi bilan yakunlanishi lozim. Shartnoma munosabatlari xo‘jalik aloqalarini shakllantiradi, ularning ratsionallashuvi esa logistikaning vazifasidir. Xaridlarni amalga oshirishni, xarid qilish uslubini tanlashni, yetkazish va pul to‘lash shartlarini ishlab chiqishni, hamda moddiy resurslarni tashishni tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Bunda yetkazishlar grafigi tuziladi, ekspeditsiya ishlari amalga oshiriladi, va, lozim bo‘lsa, bojxona ishlari ham tashkil etilishi mumkin. Xaridlar, qabul qilish nazoratini tashkil etish bilan nihoyasiga yetadi. 5. yetkazib berishlarning nazorati. yetkazib berishlarning nazoratini eng muhim vazifalaridan biri bu sifat nazoratidir, ya'ni sifatli va brak mahsulotlar sonini hisoblab borish. Shuningdek yetkazib berishlar nazoratiga yetkazishlar muddatini kuzatish (erta yoki kech yetkazishlarni soni), buyurtmani qabul qilinishi muddatlarini, tashish muddatlarini kuzatish, hamda moddiy resurslar zaxiralari holatining nazorati ham, kiradi. 6. Xaridlar byudjetini tayyorlash. Xarid qilish faoliyatining muhim qismi bu iqtisodiy hisob-kitoblardir, chunki har bir ish bo‘yicha xarajatlar qancha bo‘lishini aniq bilish lozim. Bunda xarajatlarning quyidagi turlari aniqlanadi: moddiy resurslarning asosiy turlari bo‘yicha buyurtmalarni bajarish xarajatlari; tashish, ekspeditsiya va sug‘urta xarajatlari; yukni qayta ishlash xarajatlari; yetkazib berish shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratiga bo‘lgan xarajatlar; moddiy resurslarni qabul qilish va tekshirishga bo‘lgan xarajatlar; potensial yetkazib beruvchilar xaqida ma'lumot izlashga bo‘lgan xarajatlar. Iqtisodiy hisob-kitoblar qilish doirasidagi xarid logistikasi vazifalariga, moddiy resurslar tanqisligi tufayli yuzaga kelgan chegirmalarni ham kiritish lozim. 1. Xaridlarning ishlab chiqarish, sotish, omborga qo‘yish va tashish, hamda yetkazib beruvchilar bilan tizimli o‘zaro aloqasi. Xarid logistikasining ushbu o‘ziga xos masalasi, yuqorida qayd etilganidek, xaridlarning ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli o‘zaro aloqalarini tashkil etish vositasi orqali, hamda rejalashtirish, iqtisodiyot, texnika va texnologiya sohalarida yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish orqali yechiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling