Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
agrologistika

4.6. Tez amal qilish uslubi 
Tez amal qilish uslubi «aniq muddatga» tizimining rivojlanishi natijasida 
paydo bo‘lgan. Bu uslub – chakana savdo korxonalariga va taqsimot markazlariga 
mahsulot yetkazib berishlarni rejalashtirish va tartibga solish uslublarini o‘z ichiga 
oladi. Uning asosida esa, savdo korxonasi, uning yetkazib beruvchisi va transport 
o‘rtasidagi logistik o‘zaro aloqa yotadi. Uslub mazmuni uning nomida aks ettirilgan: 
bozorda paydo bo‘lgan talabga qarab logistik tizimning tez amal qilishi (4.5-rasm). 
4.5-Rasm. Bozor talabiga qarab amal qiluvchi logistik tizim 
Agarda yetkazib beruvchi ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsa, u operativ tarzda 
o‘z ishlab chiqarishini, yangi mahsulot chiqarish maqsadida, qaytadan tashkil etishi 
lozim. yetkazib beruvchi bozordagi real talab xaqidagi axborotni tezda olish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Ishlab chiqaruvchi korxonadan savdo korxonasiga biror-bir mahsulot, o‘sha 
mahsulotga real ehtiyoj paydo bo‘lishi extimoli yuqori bo‘lgandagina yetkazib 
beriladi. Buyurtmani topshirish va mahsulotni yetkazish hyech qanday tutilishsiz 
amalga oshishi kerak. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi 
korxonani oladigan bo‘lsak, u o‘z ishlab chiqarishini tezda bir mahsulotdan ikkinchi 
mahsulotga o‘tkaza olsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tez amal qilish uslubi uchta texnologiya va biznesning yangi konsepsiyasini 
qo‘llashga asoslangan: 
Birinchi texnologiya: mahsulot shtrix kodlarini avtomatik ravishda aniqlash. 
Xozirgi vaqtda nima sotilayotgani to‘g‘risida aniq ma'lumotni tez yig‘ishga imkon 
beradi. 
Ikkinchi texnologiya: ma'lumotlarning elektron almashinuvi. Bu nafaqat 
internet, balki korxonalarga hujjatlangan ma'lumotlar bilan operativ almashish 
imkonini beruvchi boshqa standartlar majmuasi hamdir. 
Uchinchi texnologiya: yuk birliklarini (masalan, tashish konteynerlarini) 
avtomatik aniqlanishi. 
Biznesning yangi konsepsiyasi, bu tovar harakatida ishtirok etuvchi 
tashkilotlar orasidagi hamkorlik tuyg‘usidir. Ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi 
nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Masalan, 80chi yillarning oxirida A+Shda 
90%tovarlarda shtrix kod mavjud edi. Ammo tez amal qilish texnologiyasi bilan atigi 
bir necha yuzta hamkorlar o‘zaro bog‘langan edilar xolos. Joriy etishning sekinligiga 
texnologiya yangiligi emas, balki ishtirokchilar (chakana savdogarlar, distribyutorlar, 
ishlab chiqaruvchilar) orasidagi bir-biriga bo‘lgan ishonchsizlik tuyg‘usi sabab. 
Tarixan shunday bo‘lganki har bir tashkilot ko‘proq foyda olishni, va bu ishni boshqa 
tashkilot foydasi hisobiga amalga oshirishni ko‘zlaydi. Ushbu raqiblik 
munosabatlarini yengish, texnik-texnologik masalalarni yechishdan ham 
murakkabroqdir. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling