Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


partiyada sifatsiz mahsulot bo‘lishi mumkin emas


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
agrologistika


partiyada sifatsiz mahsulot bo‘lishi mumkin emas. 
yetkazib beruvchi va xaridor orasidagi, «aniq muddatga» tizimini qo‘llash 
imkonini beruvchi munosabatlar uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari va shartnomalar 
asosida barpo etiladi. Shundagina barcha masalalar bo‘yicha ikkala tomonni ham 
qoniqtiradigan yechimlarni topish mumkin. 
«Aniq muddatga» tizimi yetkazib beruvchilarni, oddiy ta'minot sharoitidagiga 
nisbatan, kamroq zaxira bilan ishlashini ko‘zda tutadi. Demak, logistik jarayonning 
barcha ishtirokchilariga qo‘yilgan talab yanada kuchayadi, shu jumladan 
transportchilarga ham. Shuning uchun ham oddiy sharoitda tashuvchi tanlayotganda 
asosiy e'tibor tashish narxiga qaratilsa, «aniq muddatga» tizimida tashuvchini 
belgilangan muddatga yetkazib bera olish kafolatiga e'tibor beriladi. 
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash ishlab chiqarish va tovar zaxiralarini 
keskin kamaytirishga imkon yaratib, ombor quvvatlari va xodimlariga bo‘lgan talabni 
kamaytiradi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda bu tizim quyidagi sxemalarning 
biri bo‘yicha amalga oshadi: 
Chakana savdo korxonasi ombori – do‘kon 
Ulgurji savdo korxonasi ombori – do‘kon 
Xo‘jalik xo‘jaligi – do‘kon 
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash juda ham mashaqqatli ishdir. Uni 
qo‘llashdan oldin, «aniq muddatga» tizimi uslubi bo‘yicha ishlash eng katta samara 
berishi mumkin bo‘lgan ahamiyatli pozitsiyalarni aniqlash maqsadida, yetkazib 
berilayotgan tovar yoki ishlab chiqarish resurslari assortimentini differensiatsiyalash 
kerak. Differensiatsiya quroli sifatida turli tahlil usullarini qo‘llash mumkin. 
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan olinadigan asosiy samarani 
quyidagicha ifodalasak bo‘ladi: 


-
yetkazib berishlarning texnologik zanjiridagi bir qator operatsiyalar 
chiqarib tashlanadi; 
-
joriy zaxiralar kamayadi, chunki mehnat buyumlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sexga yoki do‘konga borib tushadi; 
-
yaxshi ma'lum bo‘lgan yetkazib beruvchilar va tashuvchilar bilan uzoq 
muddatli munosabatlar o‘rnatilishi hisobiga yetkazib berishlarning ishonchliligi 
oshadi, bu esa sug‘urta xarajatlari kamayishiga olib keladi; 
-
yaqin masofada joylashgan yoki omborlari mavjud yetkazib beruvchilar 
bilan ishlash natijasida yo‘l xarajatlari ham kamayadi; 
-
mahsuloti sertifikatlangan yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida, 
mahsulot sifati ham oshadi; 
-
«aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan ikki tomonlama manfaat ko‘zlanadi, 
bu esa yetkazishlar ishonchliligining oshishiga olib keladi. 
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash oldida turgan ayrim muammolarga ham 
to‘xtalib o‘tish lozim. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling