Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
-jadval yetkazib beruvchining reytingini hisoblash
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
4.1-jadval
yetkazib beruvchining reytingini hisoblash yetkazib beruvchini tanlashning mezoni Mezonning ahamiyatlilik darajasi Berilgan yetkazib beruvchida mezonni baholash (10 ballik shkala bo‘yicha) Mezon bahosini uning axamiyatlilik darajasiga ko‘paytmasi 1. yetkazib berishning ishonchliligi 0,30 7 2,1 2. Narx 0,25 6 1,5 3. Mahsulot sifati 0,15 8 1,2 4. To‘lov shartlari 0,15 4 0,6 5. Rejadan tashqari yetkazishlar imkoni 0,10 7 0,7 6. yetkazib beruvchining moliyaviy ahvoli 0,05 4 0,2 Jami: 1,00 6,3 Bu ma'lumotlar yetkazib beruvchining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida quyidagi axborotlarni berishlari mumkin: - yetkazib beruvchi likvidligining qarz majburiyatlariga nisbati to‘g‘risida; - sotuvlar hajmini debitor qarzlarga nisbati to‘g‘risida; - sof foydaning sotuvlar hajmiga nisbati to‘g‘risida; - naqd pul harakati to‘g‘risida; - zaxiralar aylanmasi va boshqalar to‘g‘risida; O‘zbekistondagi korxonalar, hozirgi kunda, yetkazib beruvchi tanlashda asosan o‘z axborotlaridan foydalanadilar. Ko‘p yetkazib beruvchilar bilan ish olib boradigan korxonada yaxshi ma'lum bo‘lgan, obro‘ qozongan yetkazib beruvchilar ro‘yxati mavjud. Bunday yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar tezda imzolanib ishlay boshlaydi. Agarda notanish yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuziladigan bo‘lsa, u holda shartnoma tasdiqlanishi va to‘lov amalga oshirilishi, moliyaviy xavfsizlikni ta'minlovchi chora-tadbirlar bilan, mukammallashadi. +ishloq xo‘jaligiga to‘xtaladigan bo‘lsak hozirgi kunda bu ish umuman yo‘lga qo‘yilmagan, va barcha xo‘jaliklar mavjud yetkazib beruvchidan (u odatda bitta) foydalanadilar xolos. yetkazib beruvchi tanlash bo‘yicha misol keltiraylik. Tasavvur qilamiz, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi, ikkita xo‘jalik xo‘jaligi mavjud (A va V). Ularning mahsulotlarini sifati ham bir xilda. Har ikkala xo‘jalik ham yaxshi tanish va ishonchli. A xo‘jalikning kamchiligi shuki u iste'molchidan Vga nisbatan 200km yiroqroqda joylashgan (A xo‘jalikgacha 500km, V xo‘jalikgacha 300km). Ammo, A xo‘jalik o‘z mahsulotini avtomobillar yordamida ortish-tushirish mumkin bo‘lgan qadoqlarda jo‘natadi. V xo‘jalikning mahsulotini esa qo‘lda tushirish lozim. 500 km-ga yukni tashish uchun har kilometriga 50 so‘m sarflanadi. 300 km-ga yukni tashish esa qimmatroq bo‘lib har kilometriga 70 so‘mga teng. A xo‘jalikning mahsulotini tushirish vaqti – 30 daqiqa, V xo‘jalikning mahsulotini tushirish vaqti – 10 soat. Har bir ishchining tushirish uchun stavkasi soatiga 600 so‘mni tashkil etadi. Agarda faqat tashish xarajatlarini e'tiborga oladigan bo‘lsak V xo‘jalikni tanlash lozim. Ammo ortish-tushirish ishlarini ham hisoblab A xo‘jalikni tanlash ma'qul ekanligini ko‘ramiz. (4.2-jadval) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling