Logistika konsepsiyasiga muvofiq, korxonani
mehnat buyumlari bilan
ta'minlash jarayonida moddiy oqimlarni boshqarishga tizimli yondashishni amalga
oshirish bo‘yicha tadbirlar ham bo‘lishi lozim.
Xarid logistikasining oldingi paragrafdagi
vazifalarini bajarishning,
O‘zbekiston sharoitida murakkablashuviga yaqin o‘tmishimiz sabab. Ilgari korxonalar
oldida bunday vazifalar umuman turmasdi, chunki resurslar qayta taqsimlanardi.
Ta'minotni tashkil etishning ikki variantini ko‘rib chiqaylik. Ular, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani xom ashyo bilan ta'minlash
jarayonida moddiy oqimlarni boshqarishga tizimli yondashish imkoniyatlari borasida
bir-biridan prinsipial tarzda farqlanadilar.
4.1-rasmda, tepada qayd etilgan masalalar har xil funksional bo‘limlar
o‘rtasida taqsimlangan korxonaning tashkiliy tuzilmasi taqdim etilgan. Bunda ko‘rinib
turibdiki, nima sotib olish va qancha sotib olish masalasi ishlab chiqarish bo‘yicha
masala rahbariyat tomonidan yechiladi.
4.1-Rasm. Ta'minot funksiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar va
masalalar
4.2-rasmda keltirilgan variantda, korxona ta'minoti bo‘yicha
barcha
funksiyalarni bir qo‘lda, masalan moddiy-texnikaviy ta'minot bo‘limiida,
mujassamlanishi ko‘zda tutiladi.
Xarid qilingan mehnat buyumlarini omborga qo‘yish ishlari ham shu yerda
bajariladi.
Ta'minot ishlari ham shu yerda bajariladi, ya'ni shartnomalar tuziladi, ularning
bajarilishi
nazorat qilinadi, sotib olingan mahsulotlarni yetkazish tashkil etiladi.
Natijada ta'minot jarayonidagi moddiy oqimlarni boshqarish funksiyasi har xil
bo‘limlar orasida taqsimlangan va uni samarali amalga
oshirilishi qiyinlashgan
vaziyatga duch kelamiz.
Bunday tuzilma, mehnat buyumlarini xarid qilish bosqichida moddiy
oqimlarni logistik optimallashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: