Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
agrologistika

 


5. Taqsimot logistikasi 
5.1. Taqsimot logistikasi tushunchasi 
«Taqsimot» so‘zi juda keng qo‘llaniladi, uning lug‘aviy ma'nosi – biror-bir 
narsani kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli qismi 
taqdim etilishi tushuniladi. 
Iqtisodiyotdagi taqsimot – bu ishlab chiqarish jarayonining bir bosqichidir, 
oldin moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, keyin esa taqsimlash, ya'ni yaratilgan 
mahsulotdagi har bir ishlab chiqaruvchining ulushini aniqlash, lozim. Bunda ushbu 
ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan egalik xuquqi taqsimlanadi. Mahsulotlarning 
o‘zi esa, masalan ombordagi sabzavotlar, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari 
orasida taqsimlanmaydi. 
Logistikada taqsimot deganda ushbu jarayonning buyumlashgan, seziladigan 
bir ma'nosi tushuniladi. Egalik xuquqlari taqsimoti bilan bog‘liq qonuniyatlar ham 
e'tiborga olinadi, ammo ular tekshirish va optimallashtirishning asosiy predmeti 
hisoblanmaydi. Taqsimot logistikasida o‘rganiladigan asosiy predmet – mavjud 
materiallar zaxirasining jismoniy taqsimot jarayonini ratsionallashuvidir. Mahsulotni 
qanday qadoqlash lozim, qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, omborlar tarmog‘i 
kerakmi (kerak bo‘lsa, qanday?), qanday vositachilar kerak – aynan shu masalalarni 
taqsimot logistikasi yechishi lozim bo‘ladi. 
Logistika moddiy oqimlarning to‘liq boshqaruvini o‘rganadi va amalga 
oshiradi, shuning uchun ham barcha bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya'ni 
nimanidir kimlargadir bo‘lib berish zarur bo‘ladi: 
tovarlar xarid qilinganda yetkazib beruvchilar orasida buyurtmalar 
taqsimlanadi; 
yuklar korxonaga kelib tushgandan so‘ng, ular saqlash joylari bo‘yicha 
taqsimlanadi; 
ishlab chiqarishning har xil bo‘limlari o‘rtasida moddiy zaxiralar 
taqsimlanadi; 
savdo jarayonida moddiy oqimlar taqsimlanadi va hokazo. 
Taqsimot logistikasi chegaralarini belgilab olish uchun, kapital ishlab 
chiqarish jarayonining chizmasini ko‘rib chiqamiz (7.1-rasm), ma'lumki u uchta 
bosqichdan iborat. 
Ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish bosqichidagi moddiy oqimlar xarid 
logistikasining o‘rganish va boshqarish ob'ekti bo‘lsalar, ishlab chiqarish 
bosqichidagi moddiy oqimlar- ishlab chiqarish logistikasi ob'ekti hisoblanadi. Tayyor 
mahsulotlarning taqsimoti va realizatsiyasi bosqichidagi moddiy oqimlar esa -
taqsimot logistikasining ob'ekti bo‘ladilar. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling