kirib bormasligiga asoslangan. Masalan: o‘g‘itlarni
aynan sepiladigan vaqtiga
yetkazish yoki yem-xashakni aynan chorva iste'mol qiladigan vaqtga yetkazish.
Bu
tizimning mohiyati shundaki, uning har bir bo‘g‘inidagi
talab zanjirning
so‘ngi bo‘g‘ini talabi bilan aniqlanadi. Agarda zanjir oxirida talab paydo bo‘lmasa
mahsulot ishlab chiqarilmaydi va yig‘ilmaydi. Bundagi
mahsulot harakati xuddi
daryoga o‘xshaydi. Talab daryoning pastki nuqtasidan oqimga qarshi uzatiladi, unga
javoban moddiy oqim qaytariladi. Talab kamaysa oqim tezligi pasayadi, va aksincha.
(4.3-rasm)
Bu tizimga qarama-qarshi bo‘lib talabni
kutgan holda mahsulotlarni
omborlarda yig‘ish tizimi chiqadi. (4.3a-rasm).
4.3-Rasm. Bozor talabini qondirishning ikki varianti
Ushbu tizimning odatdagi ta'minotdan prinsipial farqi 4.4-rasmda ko‘rsatilgan.
4.4-Rasm. Oddiy ta'minot bilan «aniq muddatga» tizimi bo‘yicha ta'minot
sxemalarining taqqoslama tavsifi
Shunday qilib, «aniq muddatga»yetkazish tizimi –
bu ehtiyot qismlar yoki
tovarlarni, ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan joyga yoki savdo korxonasida sotish
vaqtiga, talab qilingan miqdorda va kerak bo‘lgan vaqtda, ishlab chiqarish va yetkazib
berish tizimidir.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iste'molchida sifat nazorati yo‘q. Demak, bu ishni
yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga olishi lozim. Bunday sharoitlarda yetkaziladigan
Do'stlaringiz bilan baham: