Microsoft Word 5-mavzu korxonaning aylanma mablag\222lari reja
Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari
Download 178.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Shirinov Nodir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy resurslar sarfi
- Moddiy resurslarning umumiy harajati deganda
5.3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari Aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash sanoat korxonalarining asosiy vazifalaridan biridir. Xom-ashyo, yoqilg’i va yordamchi materiallardan qanchalik unumli foydalanilsa, maolum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishda ularning sarfi shuncha kamayadi va sanoat mahsulotlarining hajmini ko’paytirishga imkon yaratadi. Moddiy resurslar sarfi ko’rsatkichi bilan moddiy resursdan samarali foydalanish ko’rsatkichi farqlanadi. Moddiy resurslar sarfi – ishlab chiqarish talabidir. U mahsulot ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun korxona tomonidan sarflangan barcha moddiy resurslar miqdorini qamrab oladi. Moddiy resurslar sarfiga taomirlash ishlari, ichki zavod transporti xizmati, yordamchi xo’jaliklar ta’minoti, maishiy xizmat ehtiyoji kiradi. Moddiy resurslar iste’moli umumiy va mahsulot birligiga sarflangan harajatlarga bo’linadi. Moddiy resurslarning umumiy harajati deganda – hisobot davrida ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun ayrim yoki birgalikda olingan moddiy resurslarga aytiladi. Moddiy resurslarning umumiy harajati natural ko’rinishda xil turdagi moddiy resurslarning jamlanma harajati – qiymat ko’rinishida ifodalanadi. Biror ko’rinishdagi aniq resursning mahsulot birligiga sarflangan harajati deb, bir birlik yaroqli mahsulot ishlab chiqarishga ketgan sarfga aytiladi. U hisobot davrida berilgan mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan barcha moddiy resurslar miqdorini (Q), ushbu mahsulotning yaroqli birliklar miqdoriga bo’lish (N) orqali topiladi. m = Q / N Mahsulot ishlab chiqarishga moddiy resurslarning umumiy harakteristikasi sifatida material sig’imi ko’rsatkichi xizmat qiladi. U bitta mahsulotga material resursning haqiqiy sarfini natural yoki qiymat ifodasida baholaydi. Ushbu ko’rsatkich alohida turdagi resurslarning natural, natural – qiymat ifodasidagi sarfini harakterlaydigan metall sig’imi, yoqilg’i sig’imi kabi ko’rsatkichlar bilan bevosita bog’liqdir. Mahsulotning material sig’imi quyidagi ko’rsatkichlarda o’lchanadi. 1) ishlab chiqarilgan mahsulotning fizik birligiga to’g’ri keluvchi moddiy resurslarning harajati. Download 178.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling